Yonğin xavfsizligi talablarini buzganlik va quriliş jarayoniga aralaşganlik uçun jarimalar belgilandi

Özbekistonda yonğin xavfsizligi, quriliş jarayonlariga noqonuniy aralaşiş va maişiy gaz ballonlarini töldiriş bilan boğliq ayrim qoidabuzarliklar uçun yangi javobgarlik çoralari belgilandi. Tegişli özgarişlar 2-noyabr kuni qabul qilingan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritildi.
Obyekt qurilişi uçun yer uçastkasi ajratiş, loyihalaştiriş, quriliş, rekonstruksiya qiliş va tayyor obyektni foydalanişga qabul qiliş jarayonida vakolatli organlar faoliyatiga mansab vakolatidan foydalanib noqonuniy aralaşganlik uçun jarima yoki ma’muriy qamoq belgilandi.
Bunday holatda BHMning 100 baravaridan 150 baravarigaça jarima yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq qöllanişi mumkin.
Gaz quyish şoxobçalariga ham yangi talab joriy etildi
Avtomobillarga gaz quyish şoxobçalarida suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molçilarga maişiy gaz ballonlarida beriş BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça jarimaga sabab böladi.
Savdo obyektlari majburiy suğurta qilinişi kerak
Bozorlar, savdo komplekslari va savdo-köngiloçar markazlari mulkdorlari uçinçi şaxslarning hayoti yoki soğliğiga yonğin oqibatida zarar yetkazilgan holatlar böyiça fuqarolik javobgarligini, şuningdek, obyektning özini yonğindan majburiy suğurta qilişi kerak.
Bu majburiyat bajarilmasa, mansabdor şaxslarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigaça jarima solinişi mumkin.
Yonğin auditi talablarini buzganlik uçun ham jarima bor
Yonğin auditini ötkaziş böyiça qonunçilikda belgilangan talab va şartlarni buzgan fuqarolarga BHMning 15 baravari, mansabdor şaxslarga esa 30 baravari miqdorida jarima belgilandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Miroboddagi quriliş binosida yonğin çiqqani haqida xabar berilgandi.