6-noyabrda ayrim hududlarda yomğir, toğlarda esa qor yoğişi kutilmoqda

2026-yil 6-noyabr kuni Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, baland toğli joylarda esa qor yoğişi kutilmoqda. Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.
Qaysi hududlarda yomğir yoğadi?
Toşkent şahrida yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 10–12 daraja, kunduzi 24–26 daraja iliq böladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida kunning ikkinçi yarmida ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin. Harorat keçasi 10–15 daraja, kunduzi 22–27 daraja iliq böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryoda ham kunning ikkinçi yarmida ba’zi joylarda yomğir kutilmoqda. Kunduzi harorat 23–28 darajagaça kötariladi.
Qoraqalpoğistonning ayrim hududlarida yomğir yoğadi. Respublikaning şimolida keçasi harorat 1 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqaça böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunduzi 23–28 daraja, Toşkent va Sirdaryoda 22–27 daraja, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida esa 17–22 daraja iliq böladi. Uşbu hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi.
Toğoldi va toğli hududlarda ba’zi joylarda yomğir yoğadi, baland toğlarda esa u qorga aylanişi mumkin. Ayrim joylarga tuman tuşişi ham prognoz qilinmoqda.
Avvalroq joriy yil 4 – 5-noyabrda 9 viloyatda sel xavfi kutilayotgani haqida Özgidromet ogohlantirgani xabar berilgan edi.