Aktrisa Nilufar Hamidova qamoqqa olindi

eʼlon qilindi
7 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga tortildi
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Aktrisa Nilufar Hamidova mayda bezorilikda aybdor deb topilib, 7 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

5-noyabr kuni jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudida 1978-yilda tuğilgan Hamidovaga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilgan.

Sud qarori

Sud qaroriga köra, Nilufar Hamidova Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan mayda bezorilikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Iş nimadan boşlangan

Avvalroq aktrisaning köça va bekat atrofida tasvirga olgan videolari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, fuqarolarning noroziligiga sabab bölgandi.

Holat yuzasidan içki işlar organlari suriştiruv ötkazgan. Hamidova IIB xodimlari bilan suhbatda jamoatçilikdan uzr sörab, bunday mazmundagi videolarni boşqa tayyorlamasligini bildirgan. Şundan söng unga nisbatan töplangan ma’muriy iş hujjatlari sudga yuborilgan.

Ma’lumotlarga köra, Hamidova avval ham ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlari sababli «Özbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan litsenziya talablari va şartlariga rioya qiliş yuzasidan ogohlantirilgan.

Avvalroq Qöqon şahridagi avtobus bekatida jamoat joyida yuriş-turiş qoidalarini buzgan ikki nafar çet el fuqarosining xatti-harakatlari sudda körib çiqilgandi.

Shuningdek