Banklarda kreditlarning örtaça foizi 20,4 foizni taşkil etdi

eʼlon qilindi
Tijorat kreditlari 22 foizdan berilgan
Kreditlar, firibgarlik va shikoyatlar: qaysi bank xizmatlari bo‘yicha murojaatlar ko‘p
Foto: depositphotos

2026-yil sentabr oyida banklar tomonidan milliy valyutada ajratilgan kreditlar böyiça örtaça nominal foiz stavkasi 20,4 foizni taşkil etdi. Bu ötgan yilning sentabridagiga nisbatan 0,6% bandga past, avgust oyidagiga nisbatan esa 0,3 foiz bandga yuqori. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Milliy valyutadagi tijorat kreditlari böyiça örtaça nominal stavka sentabrda 22 foizni taşkil etdi. Bir yil avval bu körsatkiç 23,1% edi. Şu tariqa stavka yillik hisobda 1,1% bandga pasaygan.

Jismoniy şaxslarga ajratilgan tijorat kreditlarida örtaça stavka 21,6%, yuridik şaxslar uçun esa 22,3 foizni taşkil qildi.

Imtiyozli kreditlarning örtaça stavkasi sentabrda 10,8% bölgan. Bu avgustga nisbatan 1,5% bandga oşgan, biroq 2025-yil sentabriga nisbatan 1,2% bandga past.

Real foiz stavkalari 10 foizdan yuqori

Inflyatsion kutilmalar hisobga olinganda, jismoniy şaxslarning milliy valyutadagi kreditlari böyiça örtaça real foiz stavkasi sentabrda 10,2 foizni taşkil etdi.

Yuridik şaxslar uçun real stavka esa 10,6 foizga yetdi. Tijorat kreditlari böyiça real foiz stavkalari jismoniy şaxslar uçun 11,9%, yuridik şaxslar uçun 12 foizni taşkil etdi.

Valyutadagi kreditlar qimmatlaşdi

Çet el valyutasida ajratilgan kreditlar böyiça örtaça nominal foiz stavkasi sentabrda 10,5 foizni taşkil etdi.

Bu avgustdagi 10,8 foizga nisbatan 0,3 foiz bandga past. Biroq 2025-yil sentabridagi 10,1 foiz bilan soliştirganda, valyutadagi kreditlar stavkasi yillik hisobda 0,4 foiz bandga oşgan.

Bir yilgaça muddatga beriladigan valyuta kreditlarining örtaça stavkasi 9,4 foiz, bir yildan ortiq muddatli kreditlarda esa 11,1 foizni taşkil etdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Markaziy bank islomiy banklar uçun şariat talablariga mos alohida pul-kredit instrumentlarini işlab çiqayotgani haqida xabar berilgandi. Yangi mexanizmlar islomiy banklarni ham mamlakatning yagona pul-kredit siyosati tizimiga qamrab olişga xizmat qiladi.

Shuningdek