
Dzyudo böyiça Olimpiada çempioni Diyora Keldiyorova maşğulotga yöl olayotgan paytidagi samimiy videoni ulaşdi. Unda sportçining qizi bilan avtomobildagi suhbati aks etgan.
«Maşğulotlarga şunaqa kayfiyatda ketamiz»
Keldiyorova Instagram sahifasida qizi bilan birga tuşirilgan videoni e’lon qildi.
«Mashğulotlarga şunaqa kayfiyatda ketamiz. Qizim bilan esdalik bölib qolsin şu videomiz», – deb yozdi sportçi.
Videoda Keldiyorova qizi bilan hazillaşib, unga «Qoç, qoç, qizim» deya murojaat qiladi. Qizi esa onasining gaplariga öziga xos tarzda javob qaytaradi.
Keldiyorova musobaqalardagi iştirokini davom ettirmoqda
Diyora Keldiyorova «Parij – 2024» Olimpiadasidan keyingi tanaffusdan söng xalqaro tatamiga qaytdi.
U Aktau şahrida ötkazilgan Osiyo kubogida tatamiga qaytgan va oltin medalni qölga kiritgan.
Keldiyorova musobaqa davomida qozoğistonlik Nuraylim Sarsenbek va Gulxan Şingisxanni mağlub etgan. Finalda esa Ozarbayjon vakili Farida Mirzayevani muddatidan oldin yenggan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Keldiyorova Zagreb Gran-prisida qatnaşişi haqida xabar berilgandi. Zagrebdagi musobaqa Keldiyorova uçun «Parij – 2024» Olimpiadasidan keyingi uçinçi xalqaro turnir böladi.