Husiylar Saudiya Arabistonidan $51 mlrd talab qildi — WSJ

eʼlon qilindi
Saudiya Yamandagi hokimiyatini rasman tan olişi kerak
Foto: Buzb

Yamandagi Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylar Saudiya Arabistoniga qarşi hujumlarni töxtatiş evaziga 51 mlrd dollar tovon puli va Yamandagi hokimiyatini rasman tan olişni talab qilgan. Bu haqda muzokaralardan xabardor manbalarga tayanib, The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, Saudiya Arabistoni husiylar bilan harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça kelişuv imkoniyatlarini örganiş maqsadida ular bilan aloqa örnatgan. Bu muloqot husiylarning Qizil dengizdagi Saudiya neft tankerlariga hujumlari va strategik hududlarni egallaşi ortidan boşlangan.

Husiylar 51 mlrd dollarni nima uçun talab qilmoqda

Husiylar talab qilayotgan mablağ Saudiya Arabistonining Yamandagi fuqarolar uruşi davomida amalga oşirgan havo hujumlari va uzoq yillik blokada oqibatida yetkazilgan zararni qoplaş uçun kerakligini bildirgan.

WSJ suhbatdoşlariga köra, muzokaralarda boşqa moliyaviy miqdorlar ham tilga olingan. Biroq husiylar Saudiya Arabistoni bilan kelişuv narxi önlab milliard dollar bölişi kerakligini ta’kidlagan.

Moliyaviy tovon pulidan taşqari, guruh Ar-Riyoddan uni Yamanning qonuniy boşqaruvçi kuçi sifatida rasman tan olişni ham talab qilmoqda. Bu esa Saudiya Arabistonining xalqaro miqyosda tan olingan Yaman hukumatini qöllab-quvvatlaş siyosatidan voz keçişini anglatişi mumkin.

Saudiya Arabistoni qanday vaziyatda qoldi

Husiylar sönggi oylarda Saudiya Arabistonining neft infratuzilmasi va aeroportlariga hujumlarni kuçaytirgan. Şuningdek, ular Qizil dengizni Adan qöltiği bilan boğlaydigan muhim dengiz yöli – Bob al-Mandab böğozi yaqinidagi hududlarda öz nazoratini kengaytirgan.

WSJ ma’lumotlariga köra, husiylar Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati joylaşgan Adan şahriga ham yaqinlaşgan. Ularning kuçlari şahardan taxminan 80 kilometr uzoqlikkaça yetib kelgan.

Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon muzokaralarda jiddiy kelişuvga borişdan oldin Yamanda harbiy ustunlikka erişişni istamoqda. Biroq mamlakatning qöşimça quruqlik qöşinlarini yuborişi katta talafotlarga va içki norozilikka sabab bölişi mumkin.

Naşr suhbatlaşgan Saudiya rasmiylariga köra, mojaro davomida qirollik harbiylari orasida ham qurbonlar bölgan, biroq ularning soni rasman e’lon qilinmagan.

Saudiya Arabistonining ittifoqçilari yordam beradimi

Ar-Riyod husiylarga qarşi harbiy bosimni kuçaytiriş uçun mintaqadagi hamkorlaridan yordam izlamoqda. Biroq bu borada imkoniyatlar çeklangan.

Birlaşgan Arab Amirliklari ötgan yilning dekabrida Saudiya Arabistoni bilan kelişmovçiliklar ortidan husiylarga qarşi kampaniyadan çiqqan. Pokiston Yamanda hujumkor harbiy amaliyotlarda qatnaşiş niyatida emasligini bildirgan. Turkiya bilan mudofaa hamkorligi masalasi hamon muhokamada.

Misr parlamenti oktabr oyida Saudiya Arabistoniga harbiy yordam yuborişni ma’qullagan. Biroq Prezident Abdulfattoh as-Sisi bunday iştirok mudofaa xarakterida bölişini ta’kidlagan. AQŞ esa husiylarga qarşi bevosita harbiy yordam körsatişdan hozirça tiyilmoqda.

WSJ qayd etişiça, Saudiya Arabistoni uçun asosiy muammolardan biri husiylarning harbiy bosim orqali qöşimça pul va siyosiy imtiyozlar talab qilişiga şaroit yaratib qöymaslikdir.

Hozirça tomonlar örtasida yakuniy kelişuvga erişilgani yoki Saudiya Arabistoni husiylarning talablarini qabul qilgani haqida ma’lumot yöq.

Avvalroq Yaqin Şarqdagi mojaro va neft ta’minotidagi uzilişlar sabab 169 mamlakat iste’molçilari 2026-yil mart oyidan oktabr örtalarigaça benzin va dizel uçun qöşimça 468 mlrd dollar sarflagandi.

Shuningdek