Motorola Signature 27 smartfonini taqdim etdi

Motorola Signature 27 smartfonini rasman taqdim etdi. Qurilma 7000 mA·soat siğimli batareya, Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 çipi va tez harakatlanuvçi obyektlarni suratga olişga möljallangan maxsus sensor bilan jihozlangan.
Smartfon qanday imkoniyatlarga ega
Signature 27 6,78 dyuymli 1.5K AMOLED displeyga ega. Uning maksimal yorqinligi 12 ming nitgaça yetadi. Ekran 120 Gts yangilaniş çastotasini qöllab-quvvatlaydi.
Smartfonning asosiy kamerasi 50 MP, telefoto kamerasi esa 200 MP bölib, 3 karra optik yaqinlaştiriş imkonini beradi. Şuningdek, qurilmada 50 MP ultra keng burçakli kamera va 50 MP selfi kamerasi mavjud.
Motorola Signature 27’da smartfonlar uçun birinçi marta alohida EVS (Event Vision Sensor) harakat sensori qöllangan. U yoruğlikdagi özgarişlarni alohida qayd etib, tez harakatlanayotgan obyektlarni aniqroq suratga olişga yordam beradi.
Qurilma 90 Vt simli va 50 Vt simsiz quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi. Unda Android 17 örnatilgan bölib, işlab çiqaruvçi yetti yil davomida operatsion tizim yangilanişlarini va’da qilmoqda.
Signature 27 AQŞda 1600 dollardan sotuvga çiqadi. Yevropa, Yaqin Şarq va Afrika bozorlarida esa uning sotuvlari 16-noyabrdan boşlanadi. Tavsiya etilgan narx 1899 yevroni taşkil qiladi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Motorola Signature 27 narxi 1 595 yevro bölişi mumkinligi haqida yozgan edi.