Özbekistonda uran işlab çiqariş ikki baravar oşiriladi

eʼlon qilindi
Uran işlab çiqariş 15 ming tonnaga yetkaziladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekistonda 2030-yilga borib uran işlab çiqariş hajmini yiliga 15 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, muhim metallar böyiça işlab çiqariş hajmini 2,7 mlrd dollardan oşiriş közda tutilgan. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan hisobotda ma’lum qilindi.

5-noyabr kuni davlat rahbari «Navoiyuran» korxonasi va «Özbekiston texnologik metallar kombinati»ning 2026-yildagi ustuvor vazifalari hamda kelgusi rejalariga oid taqdimot bilan tanişdi.

Muhim metallar işlab çiqariş kengaytiriladi

Taqdimotda «Özbekiston texnologik metallar kombinati» faoliyatini rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Korxonada geologiya-qidiruvdan tortib, qazib oliş, boyitiş va çuqur qayta işlaşgaça bölgan töliq işlab çiqariş zanjirini şakllantiriş rejalaştirilgan.

Joriy yil yakunigaça 12 ta investitsiya loyihasini işga tuşiriş, mahalliylaştirilgan mahsulotlar turini köpaytiriş, yuqori soflikdagi selen va tellur işlab çiqarişni kengaytiriş möljallangan.

Hozirda kombinat volfram, molibden, selen, tellur va reniy kabi beş turdagi mahsulot işlab çiqarmoqda. Prezident mavjud yönalişlarga qöşimça ravişda yana 11 turdagi mahsulot işlab çiqarişni özlaştiriş vazifasini qöydi.

Yangi yönalişlar qatoriga nikel, kobalt, grafit, surma, qalay, marganes, platina, vanadiy, simob va mis kiritilgan.

Rejaga köra, 2030-yilgaça 16 turdagi muhim metallar böyiça işlab çiqariş hajmi 2,7 mlrd dollardan oşiriladi. Volframni çuqur qayta işlaş loyihalariga esa 1,1 mlrd dollar investitsiya jalb qiliş, uşbu yönalişdagi işlab çiqariş hajmini qariyb 2,2 mlrd dollarga yetkaziş közda tutilgan.

Uran işlab çiqariş 15 ming tonnaga yetkaziladi

Taqdimotda «Navoiyuran» korxonasining işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş rejalari ham muhokama qilindi.

Ma’lumotlarga köra, sönggi yillarda jahon bozorida uran xomaşyosiga talab 15 – 20 foizga oşgan. 2030-yilgaça bu körsatkiç yana 28 foizga ösişi kutilmoqda.

Şu munosabat bilan joriy yilda geologiya-qidiruv va texnologik burğilaş işlarini kengaytiriş, işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş hamda qöşimça sorbsiya qurilmalarini işga tuşiriş rejalaştirilgan. Bu orqali 250 ta yangi iş örni yaratiş ham közda tutilgan.

Uran işlab çiqarişni oşiriş uçun zarur kimyoviy reagentlar ta’minoti ham muhokama qilindi. Xususan, mahalliy korxonalar bilan kooperatsiyani kuçaytiriş, texnik oltingugurt, sulfat va nitrat kislotasi yetkazib beriş hajmlarini köpaytiriş rejalaştirilgan.

Prezident 2030-yilgaça sulfat kislotasi örnini bosuvçi reagentlar uluşini 40 foizga yetkaziş zarurligini ta’kidladi.

Umumiy rejaga köra, uran işlab çiqariş hajmi 2026-yildagi 7,5 ming tonnadan 2030-yilgaça 15 ming tonnaga oşiriladi. Aniqlangan zaxiralar hajmini esa 200 ming tonnaga yetkaziş möljallangan.

Taqdimot yakunida mas’ullarga investitsiya loyihalarini öz vaqtida amalga oşiriş, mineral-xomaşyo bazasini mustahkamlaş, yangi texnologik quvvatlarni işga tuşiriş va eksport hajmini oşiriş böyiça topşiriqlar berildi.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni amaliy taşrif bilan Qozoğiston poytaxti Ostonaga jönab ketgandi.

Shuningdek