Qirğizistonda energetik içimliklar taqiqlanişi mumkin

eʼlon qilindi
Sadir Japarov bir oy içida uşbu masalani körib çiqiş, olti oy davomida esa tegişli tartibga soliş çoralarini körişni topşirdi
Foto: Depositphotos.com

Qirğizistonda energetik içimliklar işlab çiqariş va ularni mamlakatga import qiliş taqiqlanişi mumkin. Prezident Sadir Japarov hukumatga bir oy içida uşbu masalani körib çiqiş, olti oy davomida esa tegişli tartibga soliş çoralarini körişni topşirdi.

Japarovning aytişiça, prezident administratsiyasiga energetik içimliklarning salomatlikka ta’siridan xavotir bildirgan fuqarolardan köplab murojaatlar kelib tuşgan. Mazkur masala mamlakat parlamentida ham kötarilgan.

Davlat rahbari energetik içimliklarni haddan taşqari iste’mol qiliş yurak-qon tomir tizimi va boşqa organlar salomatligiga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligini taʼkidladi. Uning fikriça, kasalliklar oqibatlarini bartaraf etişdan köra, ularning oldini olişga ustuvor ahamiyat beriş kerak.

Qirğizistonda qança energetik içimlik iste’mol qilinadi?

Prezident keltirgan ma’lumotlarga köra, 2025-yilda Qirğizistonda 54,2 mln litr yoki taxminan 129 mln banka energetik içimlik iste’mol qilingan.

2026-yilning dastlabki olti oyida esa uşbu körsatkiç 36,1 mln litrga yetgan. Bu qariyb 85,9 mln bankaga teng.

Ötgan yili mamlakatning özida 25,3 mln litr energetik içimlik işlab çiqarilgan. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlardan 28,4 mln litr, boşqa mamlakatlardan esa 1,2 mln litr mahsulot import qilingan.

Uşbu soha hisobidan Qirğiziston budjetiga 2025-yilda 1,1 mlrd qirğiz somi miqdorida soliq va bojxona tölovlari kelib tuşgan. 2026-yilning birinçi yarmida bu körsatkiç 996,7 mln qirğiz somini taşkil etgan.

Taqiq budjetga qanday ta’sir qiladi?

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, energetik içimliklarni işlab çiqariş va import qilişga taqiq joriy etilsa, Qirğiziston budjeti töğridan töğri va bilvosita soliqlardan taxminan 1,5 mlrd qirğiz somi yoki $17 mln dan ortiq daromadni yöqotişi mumkin.

Biroq Japarov aholi salomatligi iqtisodiy daromadlardan muhimroq ekanini ta’kidladi.

«Xalqimiz salomatligi uçun 1,5 mlrd somdan voz keçib, qatʼiy çoralar körişimiz kerak», – dedi prezident.

Qirğiziston rahbari energetik içimliklarni çeklaş borasida boşqa mamlakatlar tajribasi ham örganilganini bildirdi.

Jumladan, Qozoğistonda 2025-yil 1-yanvardan 21 yoşga tölmaganlarga energetik içimliklar sotiş taqiqlangan. Polşada esa 2024-yildan 18 yoşga tölmagan şaxslarga bunday mahsulotlarni sotişga çeklov joriy etilgan.

Qirğizistonda ham energetik içimliklar reklamasiga 2023-yil iyul oyidan taqiq amal qiladi.

Hozirça energetik içimliklarni işlab çiqariş va import qilişga yangi taqiq kuçga kirgani yöq. Hukumat prezident topşiriği asosida mazkur masalani körib çiqişi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirğizistonda energetik içimliklar reklamasi taqiqlangani haqida xabar bergan edi. Çeklov 2023-yil iyul oyida joriy etilgan.

Shuningdek