Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga jönab ketdi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni amaliy taşrif bilan Qozoğiston poytaxti Ostonaga jönab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Özbekiston yetakçisi xavfsizlikka xavf solayotgan yangi texnologik xatar va tahdidlarga qarşi kuraşiş masalalariga bağişlangan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvida iştirok etadi.
Aqaba jarayoni doirasida uçraşuv
Uçraşuvda yangi texnologiyalardan kelib çiqayotgan xavflarga javob qaytariş, xavfsizlikni ta’minlaş va mintaqaviy hamkorlikni kuçaytiriş masalalari muhokama qilinadi.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyevning 5 – 6-noyabr kunlari Qozoğistonda amaliy taşrif bilan bölişi ma’lum qilingandi. Taşrif Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jömart Toqayev va Iordaniya qiroli Abdulla II taklifiga binoan amalga oşirilmoqda.