Toşkent viloyatida şirinliklar içiga yaşirilgan nikotinli paketçalar topildi

Toşkent tumanida şirinlik qadoqlari orasiga yaşirilgan 613 dona nikotinli paketça aniqlandi. Bu haqda Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi ma’lum qildi.
Nikotinli paketçalar «Damas»da olib ketilayotgan bölgan

Bojxonaning Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari Toşkent tumanida tezkor tadbir ötkazgan. Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro boşqaruvidagi «Damas» avtomobili «Navoiy» çegara bojxona posti yaqinida töxtatilib, közdan keçirilgan.
Tekşiruv vaqtida avtomobilda olib ketilayotgan turli şirinliklar qadoqlari içidan 613 dona nikotinli paketça topilgan. Bojxona ma’lumotiga köra, ular şirinliklar ostiga yaşirilgan. Olib qöyilgan mahsulotlarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitob böyiça 65 mln sömni taşkil qilmoqda. Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilayotir.
Avvalroq Özbekistonning bir qator hududlarida qiymati 438,7 mln sömlik noqonuniy tamaki mahsulotlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.