Toşkentdagi 8 ta avtobus yönalişida nazorat kuçaytirildi

eʼlon qilindi
Yöl haqini tölaş tartibiga rioya etilmayotgan eng köp holat 174-sonli yönalişda qayd etilgan
Foto: mintrans.uz

Toşkent şahridagi 8 ta avtobus yönalişida yöl haqini tölaş tartibiga rioya etilişini nazorat qiliş kuçaytirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Nazorat tadbirlari 42, 56, 74, 84, 120, 169, 174 va 177-sonli avtobus yönalişlarida olib borilmoqda.

Olti kunda 2 mingdan ortiq bayonnomalar tuzildi

Foto: mintrans.uz

Vazirlik ma’lumotiga köra, 28-oktabrdan 2-noyabrga qadar uşbu yönalişlarda yöl haqini tölamagan yölovçilarga nisbatan 2 152 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

  • Qoidabuzarliklar tahliliga köra, eng köp holatlar:
  • 174-yönalişda – 291 ta;
  • 120-yönalişda – 286 ta;
  • 56-yönalişda – 284 ta;
  • 169-yönalişda – 284 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Bayonnomalar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga asosan tuzilgan. Eng köp holat 174-sonli yönalişda qayd etilib, 291 ta bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Transport vazirligi nazoratdan maqsad jamoat transportida yöl haqining öz vaqtida va töliq tölanishini ta’minlaş ekanini bildirdi.

Avvalroq 2026-yil 1-sentabrdan brutto-şartnoma asosida işlaydigan barça şahar avtobuslarida yölkira tölaşning yangi tartibi joriy etilişi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek