Uçtepadagi köp qavatli uyda gaz çaqnaşi oqibatida bir kişi jarohatlandi

5-noyabr kuni Toşkent şahrining Uçtepa tumanida köp qavatli uydagi xonadonlardan birida havo-gaz aralaşmasi çaqnaşi sodir böldi. Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro jarohatlanib, şifoxonaga yotqizildi.
Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi ma’lumotiga köra, hodisa soat 10:00 da Uçtepa tumanining Çilonzor 23-dahasidagi köp qavatli uy xonadonlaridan birida sodir bölgan.
Xabar kelib tuşgandan söng qutqaruv bölinmalari voqea joyiga yetib borgan.
Halok bölganlar yöq
Çaqnaş natijasida qöşni xonadonning eşik va derazalariga qisman zarar yetgan. Bir nafar fuqaro tan jarohati olib, malakali tibbiy yordam körsatiş uçun şifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa oqibatida halok bölganlar yöq. Hozirda çaqnaşning kelib çiqiş sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq favqulodda vaziyatda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgacha tölanişi haqida xabar berilgandi. Oğir tan jarohati olganlarga BHMning 200 baravarigaça – 88 mln sömgaça, örtaça oğir jarohat olganlarga 150 baravarigaça – 66 mln sömgaça, yengil tan jarohati olganlarga esa 100 baravarigaça – 44 mln sömgaça tölanadi.