Yomğir va çang-tözon: dam oliş kunlari ob-havo qanday böladi

7 – 8-noyabr dam oliş kunlari Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomğir yoğişi mumkin. Bu haqda «Özgidromet» ma’lum qildi.
Dam oliş kunlari respublika böyiça keçasi havo harorati asosan +14…+17 daraja atrofida böladi. Kunduz kunlari harorat +25…+27 darajagaça, janubiy hududlarda esa +30 darajagaça isişi mumkin.
Şamol şarqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. 8-noyabr kuni ayrim hududlarda şamol kuçayişi va çang-tözon kuzatilişi mumkin.
Toğli hududlarda yomğir yoğişi mumkin
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida ayrim joylarda yomğir saqlanib qolişi mumkin. Baland toğlarda yoğingarçilik qorga aylanişi ehtimoli bor.
Toşkentda yoğingarçilik kutilmaydi
Toşkent şahrida 7 – 8-noyabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi.
Poytaxtda keçasi havo +13…+15 daraja, kunduz kuni esa +24…+27 daraja atrofida böladi. Şamol şarqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 6-noyabrda ayrim hududlarda yomğir, toğlarda esa qor yoğişi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin.