Islom Maxaçev Toşkentga keldi

6 – 8-noyabr kunlari Toşkent şahrida sambo böyiça kattalar örtasidagi 50-jahon çempionati ötkaziladi. Musobaqa oldidan taşkil etilgan matbuot anjumanida MMA afsonasi Fyodor Yemelyanenko va ikki vazn toifasida UFC çempioni Islom Maxaçev ham iştirok etdi. Bu haqda Xalqaro sambo federatsiyasi xabar berdi.
Federatsiya prezidenti Vasiliy Şestakov Fyodor Yemelyanenko va Islom Maxaçevga sambo elçisi maqomini tasdiqlovçi ramziy yorliq va haykalçalarni topşirdi.
Federatsiya ma’lumotiga köra, sambo elçilari uşbu sport turini xalqaro maydonda tanitiş, uning rivojiga hissa qöşiş va sambo qadriyatlarini tarğib qiliş vazifasini bajaradi.
Şestakov jahon çempionatida 27 nafar sambo afsonasi iştirok etayotganini ham ta’kidladi. Ular orasida turli mamlakatlardan köp karra jahon çempionlari bor.
Çempionat Olimpiya şaharçasida ötkaziladi

Vasiliy Şestakov Özbekiston mezbonlik qilayotgan jahon çempionati yuqori saviyada taşkil etilayotganini qayd etib, sport sohasidagi mutasaddilarga minnatdorlik bildirdi.
Tadbir davomida jahon çempionatining faxriy mehmonlari va Özbekiston sport sohasi vakillariga Xalqaro sambo federatsiyasining esdalik sovğalari ham topşirildi.
Sambo böyiça 50-jahon çempionati bahslari 6-noyabr kuni boşlanadi va 8-noyabrgaça davom etadi. Musobaqalar Toşkentdagi Olimpiya şaharçasida ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq UFC jangçisi Arman Tsarukyan Los-Anjelesdagi jangidan bir neça kun ötib, Özbekiston milliy taomlarini tatib körgani haqida xabar berilgandi.