Dunyoda iqtisodiyoti Özbekistondagidek şiddat bilan özgarayotgan mamlakatlar kam — McKinsey

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Xalqaro konsalting kompaniyasi Toşkentdagi jamoasini kuçaytiriş va mahalliy mutaxassislarni tayyorlaşni rejalaştirmoqda
Foto: depositphotos.com

McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasi Özbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Şu munosabat bilan kompaniyaning global boşqaruvçi hamkori Bob Sternfels Toşkentga taşrif buyurdi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

«Dunyoda iqtisodiyoti Özbekistondagidek şiddat bilan özgarayotgan mamlakatlar kam. Bu yerda keçayotgan özgarişlarning kölami va sur’atini öz közim bilan köriş men uçun muhim edi. Mamlakatdagi faoliyatimizni kengaytiriş uçun katta imkoniyatlar köryapmiz», – dedi Bob Sternfels.

Taşrif davomida Sternfels va kompaniyaning mintaqaviy rahbarlari davlat idoralari, biznes vakillari hamda mijozlar bilan uçraşuvlar ötkazdi. Muzokaralarda Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantirişning ustuvor yönalişlari, jumladan, toğ-kon sanoati, energetika, moliya sektori va raqamli infratuzilma masalalari muhokama qilindi.

Uning sözlariga köra, kompaniya mahalliy jamoani kengaytiriş, Toşkentda yangi avlod rahbarlarini tayyorlaş va Özbekiston taraqqiyotida muhim örin tutayotgan taşkilotlar bilan hamkorlikni kuçaytirişni rejalaştirmoqda.

Kompaniyaning Özbekistondagi faoliyatiga kim rahbarlik qiladi?

McKinseyning Özbekistondagi faoliyatiga katta hamkor Semyon Yakovlev rahbarlik qiladi. U Toşkentda işlab, kompaniyaning mamlakatdagi biznesini strategik rivojlantiriş va mijozlar loyihalarini amalga oşiriş uçun mas’ul böladi.

Yakovlev Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya va Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlarida 20 yildan ortiq tajribaga ega. U avval McKinseyning Osiyodagi strategiya va korporativ moliya yönalişiga rahbarlik qilgan.

Kompaniyaning Özbekistondagi faoliyatini rivojlantirişda hamkorlar Dulatbek Ikbayev va Yermolay Soljenitsin ham iştirok etadi. Ikbayev Markaziy Osiyodagi davlat taşkilotlari va moliya institutlari bilan işlaş böyiça ön yildan ortiq tajribaga ega. Soljenitsin esa metallurgiya, toğ-kon sanoati, energetika va transport sohalaridagi strategik loyihalar bilan şuğullangan.

Sun’iy intellekt va kadrlar tayyorlaşga e’tibor kuçayadi

McKinsey Özbekistondagi ustuvor yönalişlaridan biri sifatida ilğor texnologiyalar va sun’iy intellektni belgilagan. Kompaniya bu borada özining QuantumBlack, AI by McKinsey bölmasi tajribasidan foydalanmoqçi.

Şuningdek, kompaniya mahalliy mutaxassislarning kasbiy könikmalarini rivojlantirişga e’tibor qaratadi. Xususan, McKinseyning Forward xalqaro ta’lim dasturi orqali Markaziy Osiyodan 1,5 mingdan ortiq yoş mutaxassislar ta’lim olgan. Dunyo böyiça esa dastur iştirokçilari soni 290 ming nafarga yetgan.

«Özbekiston mintaqada aholisi eng yoş va aholi soni jadal ösayotgan mamlakatlardan biri. Bu mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yanada rivojlanişi uçun katta imkoniyatlar yaratadi», – dedi Semyon Yakovlev.

Ma’lumot uçun, McKinsey & Company 2013-yildan buyon Markaziy Osiyodagi davlat va xususiy sektor vakillari bilan işlab kelmoqda. Kompaniya dunyoning 65 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sun’iy intellekt rivojlanishi natijasida paydo bölayotgan eng daromadli kasblar haqida yozgan edi. Maqolada McKinsey tadqiqotlariga tayanib, sun’iy intellekt 2030-yilga qadar dunyo böylab 50 milliongaça yangi iş örni yaratişi mumkinligi qayd etilgan.

Shuningdek