Mirziyoyev Iordaniya podşohi bilan hamkorlikni kengaytirmoqçi

eʼlon qilindi
Uçraşuv 6-noyabr kuni Aqaba jarayoni doirasidagi tadbirlar davomida bölib ötdi
Foto: prezident.uz

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uçraşdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuv 6-noyabr kuni Aqaba jarayoni doirasidagi tadbirlar davomida bölib ötdi.

Suhbatda ikki davlat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, oliy darajada erişilgan kelişuvlarning ijrosi muhokama qilindi.

Tomonlar sönggi yillarda özaro aloqalar faollaşganini qayd etdi. Xususan, ikki mamlakat örtasida havo qatnovlari yölga qöyilgan, Hukumatlararo qöşma komissiya yiğilişi ötkazilgan va Işbilarmonlar kengaşi taşkil etilgan.

Şuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni jadallaştirişga kelişib olindi. Yetakçilar bölajak oliy darajadagi uçraşuvlar rejasini ham muhokama qildi.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Özbekiston BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini mamlakatda oçişga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek