Olmazordagi quriliş kompaniyasiga 1,23 mlrd söm kompensatsiya hisoblandi

eʼlon qilindi
Quriliş maydonidan köçaga loy va tuproq olib çiqilgan
Olmazordagi quriliş kompaniyasiga 1,23 mlrd söm kompensatsiya hisoblandi
Foto: Ekologiya qömitasi

Toşkent şahri Olmazor tumanidagi quriliş obyektida ekologik talablar buzilgani aniqlandi. Holat yuzasidan «N.H.P» MÇJga atrof-muhitga yetkazilgan zarar uçun 1,23 mlrd sömdan ortiq kompensatsiya tölovi hisoblandi.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlar asosida korxona faoliyatini örgandi. Tekşiruvda quriliş maydonidan çiqiş joyida avtomobil ğildiraklarini yuviş postlari mavjud emasligi aniqlangan. Natijada yuk maşinalari loy va tuproqni köçaning 2-2,5 kilometr qismiga olib çiqqan.

Şuningdek, quriliş hududida çang kötarilişining oldini oliş uçun suv purkaş qurilmalari örnatilmagan va havoni muhofaza qiliş böyiça zarur çoralar işlab çiqilmagan.

Örganiş davomida davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan talablar ham bajarilmagani qayd etilgan. Bundan taşqari, yerosti avtoturargohi ekspertizadan ötgan loyihada közda tutilmagani aniqlangan.

Kotlovanlardan qazib olingan 87 ming kub metrdan ortiq tuproq qayerga joylaştirilgani haqida ham hujjatlar taqdim etilmagan.

Korxonaga kamçiliklarni bartaraf etiş topşirildi

Aniqlangan holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 202-son qaroriga muvofiq korxonaga 1,23 mlrd sömdan ortiq kompensatsiya tölovi hisoblandi.

Şuningdek, korxonaga çang kötarilişini töxtatiş, daraxt köçatlari ekiş va boşqa aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar berildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şahzoda Muhammedova Imarat Development mojarosida yangi ayblovlar bildirgandi. U turmush örtog‘i Marat Hamdamovning biznes hamkori Jasur Azizovni kompaniya mablağlarini boşqa maqsadlarga yönaltiriş va Hamdamovni biznesdan çetlaştirişga urinişda aybladi.

Muhammedovaning aytişiça, u bayonotida tilga olgan holatlarga oid dalillar Toşkent şahar IIBBga topshirilgan. Aktrisa öz da’volarini tasdiqlovçi audioyozuvlar va boşqa materiallar ham mavjudligini bildirdi.

Shuningdek