Oltin narxi ikki haftalik maksimumga çiqdi

eʼlon qilindi
5-noyabr kuni oltin narxi 1 foizdan ortiq oşib, bir unsiya uçun $4,146 minggaça yetdi
Насколько выгодной будет покупка золота в 2026 году — мнение экспертов
Foto: Shutterstock

5-noyabr kuni oltin narxi 1 foizdan ortiq oşib, bir unsiya uçun $4,146 minggaça yetdi. Bu 20-oktabrdan beri qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdir. Reuters yozishiça, narxlar ösişiga dollarning zaiflaşişi va AQŞ davlat obligatsiyalari daromadliligining pasayişi yordam berdi.

Oltin nega qimmatlaşdi

AQŞdagi oraliq saylovlardan söng demokratlar Kongressning har ikki palatasida nazoratni qölga kiritdi. Bozor iştirokçilari yangi siyosiy muvozanat davlat xarajatlari, inflyatsiya va Eron bilan boğliq geosiyosiy xatarlarga qanday ta’sir qilişini baholamoqda.

Şu fonda AQŞ dollari zaiflaşdi, uzoq muddatli davlat obligatsiyalari daromadliligi esa qariyb ikki oylik minimumga yaqinlaşdi. Bu odatda oltin uçun qöllab-quvvatlovçi omil hisoblanadi.

Oltin bundan oldin ham keskin ösgan: 4-noyabr kuni uning narxi qariyb 3,4 foizga kötarilgan. Şu bilan birga, ötgan hafta metall bir unsiya uçun taxminan $3 885 gaça arzonlaşgan edi.

Keyingi harakat nimaga boğliq

Tahlilçilarga köra, oltinning keyingi dinamikasi dollarning kursi, AQŞ obligatsiyalari real daromadliligi va Federal rezerv siyosatiga boğliq böladi.

Investorlar, xususan, AQŞ mehnat bozori böyiça yangi ma’lumotlarni kutmoqda. Kuçli bandlik ma’lumotlari foiz stavkalari uzoqroq muddat yuqori saqlanişi haqidagi kutişlarni kuçaytirib, oltinga bosim ötkazişi mumkin.

Markaziy banklar oltin xaridini oşirdi

Oltin bozorini markaziy banklar talabi ham qöllab-quvvatlamoqda. Jahon oltin kengaşi ma’lumotiga köra, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida markaziy banklarning umumiy oltin xaridi 675 tonnaga yetib, ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 6 foizga oşgan.

Uçinçi çorakning özida markaziy banklar 321 tonna oltin xarid qilgan. Eng yirik xaridorlar orasida Xitoy va Polşa qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston joriy yilning sentabr oyida ham oltin eksport qilmagani haqida xabar berilgandi. Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, sentabr yakunida ham oltin eksporti iyuldagi $2,8 mlrd körsatkiçni saqlab qoldi.

Shuningdek