Özbekiston BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini oçişga tayyorligini bildirdi

eʼlon qilindi
Özbekiston BMTning mintaqaviy ofisini oçişga tayyor
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini mamlakatda oçişga tayyorligini ma’lum qildi. Şuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi negizida «Raqamli davrda jaholatga qarşi ma’rifat» xalqaro dasturini yölga qöyiş taklif etildi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning Ostona şahrida Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvda sözlagan nutqida ma’lum qilindi.

6-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sun’iy intellekt sohasidagi xavfsizlik masalalariga bağişlangan uçraşuvi bölib ötdi. Unda Özbekiston, Qozoğiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari, Iordaniya qiroli, şuningdek, Ozarbayjon va Qirğizistonning yuqori darajali vakillari qatnaşdi.

Özbekiston BMTning mintaqaviy ofisini oçişga tayyor

Uçraşuvda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş, raqamli texnologiyalar rivoji bilan boğliq yangi xavf va tahdidlar hamda davlatlar örtasidagi amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini oçişga tayyorlik bildirdi.

Uşbu ofis orqali Markaziy Osiyo mamlakatlariga terrorçilik mazmunidagi materiallar haqida ogohlantiriş kanallarini yölga qöyiş, terrorizmni moliyalaştiriş holatlarini aniqlaş, mutaxassislar malakasini oşiriş hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş böyiça amaliy kömak körsatiş taklif qilindi.

«Raqamli davrda jaholatga qarşi ma’rifat» dasturi

Prezident, şuningdek, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida «Raqamli davrda jaholatga qarşi ma’rifat» xalqaro dasturini yölga qöyişni taklif qildi.

Dastur doirasida köp tilli axborot resurslarini yaratiş, diniy arboblarni zamonaviy axborot muhitida faoliyat yuritişga tayyorlaş va islom dinining insonparvarlik qadriyatlarini tarğib qilayotgan yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş rejalaştirilmoqda.

Mirziyoyev sun’iy intellektning rivojlanişi katta imkoniyatlar bilan birga yangi tahdidlarni ham yuzaga keltirayotganini ta’kidladi. Uning fikriça, sifatli ta’lim va inson salohiyatini röyobga çiqariş xavfsizlikning muhim poydevorlaridan biridir.

Şu munosabat bilan davlat rahbari «Inson manfaatlari yölida raqamli taraqqiyot» taşabbusini ilgari surdi. Unda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan bilimlarni keng tarqatiş, davlatlar örtasidagi işonçni mustahkamlaş va inson rivoji uçun foydalaniş közda tutilgan.

Şuningdek, Özbekiston BMTning sun’iy intellektni boşqariş masalalari böyiça global muloqotini qöllab-quvvatladi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni amaliy taşrif bilan Qozoğiston poytaxti Ostonaga jönab ketgandi.

Shuningdek