Ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega internet-resurslar 14 foizga köpaydi — DXX raisi

eʼlon qilindi
Terroristik tarğibot uçun internetdan foydalaniş kuçaymoqda
Foto: DXX

2026-yil davomida ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan. Bu ötgan yilgi körsatkiçdan 14 foizga köp. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov ma’lum qildi.

6-noyabr kuni Samarqandda Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti boşlandi. Unda ŞHTga a’zo davlatlar, kuzatuvçilar, muloqot böyiça hamkorlar maxsus xizmatlari rahbarlari va vakillari, xalqaro taşkilotlar vakillari qatnaşmoqda.

Terroristik tarğibot uçun internetdan foydalaniş kuçaymoqda

Tadbirda sözga çiqqan DXX raisi Bahodir Qurbonov terrorçilik va ekstremistik taşkilotlar öz mafkurasini tarqatiş, tarafdorlarni yollaş, teraktlarni moliyalaştiriş hamda hujumlarni rejalaştirişda raqamli texnologiyalardan faol foydalanayotganini ta’kidladi.

Uning ma’lum qilişiça, 2026-yilda aniqlangan 49 mingdan ortiq ekstremistik va terrorçilik mazmunidagi internet-resurslar soni 2025-yildagi qariyb 43 mingta körsatkiçdan 14 foizga yuqori.

DXX rahbari raqamli muhitda terrorçilar faoliyatining yangi şakl va usullarini aniqlaş, şuningdek, sun’iy intellektdan terrorçilik maqsadlarida foydalanişning oldini oliş ustuvor vazifalardan ekanini qayd etdi.

Özbekiston terrorizmga qarşi kuraş böyiça reytingda

Qurbonov 2021 – 2026-yillarga möljallangan Ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş milliy strategiyasi doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik mexanizmlari takomillaştirilganini bildirdi.

Uning sözlariga köra, Özbekiston 2026-yilgi Global terrorizm indeksida 96-örinni egallagan va minimal xavf toifasiga kiritilgan.

Muloqot Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan yölga qöyilgan. Uşbu format ilk bor 2024-yilda ŞHTning Ostona şahridagi sammitida ilgari surilgan. 2025-yilda Tyanszinda ötgan ŞHT sammitida esa birinçi ekspertlar muloqotini Samarqandda taşkil etiş taklif qilingan.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Özbekiston BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini mamlakatda oçişga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek