Özbekistonda aksiyadorlar soni 11 foizga kötarildi

eʼlon qilindi
Bu körsatkiç 2025-yildagiga nisbatan 2,8 baravar yuqori
Foto: depositphotos.com

Özbekistonda aksiyadorlar soni ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 10,8 foizga kötarilib, 2026-yil 1-noyabr holatiga 1,12 mlndan oşdi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lum qildi.

Birjadagi bitimlar soni 2,8 baravar oşdi

Foto: napp_uz

2026-yilning dastlabki 10 oyida «Toşkent» Respublika fond birjasida qimmatli qoğozlar savdosi hajmi 16,6 trln sömni taşkil etdi. Uşbu davrda qariyb 1,1 mln ta bitim tuzilgan. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 2,8 baravar köp. Korporativ obligatsiyalar savdosi esa 6,1 trln sömga yetib, bir yil içida 8 baravardan ziyodga oşgan.

Şuningdek, korporativ obligatsiyalar çiqariş hajmi 8,2 trln sömdan oşib, ötgan yildagiga nisbatan 2,6 baravar köpaygan. Bozorda ilk bor 200,9 mlrd sömlik ipoteka obligatsiyalari çiqarilgan. Umumiy qiymati $100 mln bölgan 5 ta valyuta obligatsiyasi ham röyxatdan ötkazilgan.

Dividend tölovlari 6 baravardan ziyod oşdi

2026-yilning ön oyida Markaziy depozitariy orqali aksiyadorlarga 7,8 trln sömdan ziyod dividend tölangan. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan olti baravardan köp.

Investorlar foydasiga tölanmagan dividendlarni undiriş böyiça çiqarilgan sud qarorlarining umumiy qiymati 19,1 mlrd sömni taşkil etdi. Investorlar huquqlarini himoya qiliş böyiça kiritilgan 14 ta da’vo arizasining 13 tasi töliq qanoatlantirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yil 23 – 30-oktabr kunlari «Toşkent» RFBdagi yuqori likvidli aksiyalarning yarmi ösiş, yarmi esa pasayiş bilan yakunlagani haqida yozgan edi. Uşbu davrda UCI fond indeksi 2,3 foizga pasaygan. «Ipoteka-bank» aksiyalari 39,43 foizga qimmatlaşib, haftadagi eng katta ösişni qayd etgan.

Shuningdek