Özbekistonda ayrim mahsulotlar yetarli işlab çiqarilmayapti — Raqobat qömitasi

Özbekistonda ayrim turdagi mahsulotlarga içki talab mahalliy işlab çiqariş hisobidan yetarli darajada qoplanmayapti. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi raisining matbuot kotibi Otabek Usmonov ma’lum qildi.
Mahalliy işlab çiqariş ayrim mahsulotlarga talabni qoplamayapti
Qömita tomonidan 2026-yilning dastlabki 9 oyi davomida içki bozorning mamlakatimizda işlab çiqarilgan tovarlar bilan töyinganligini aniqlaş maqsadida 97 ta örganiş ötkazildi. Unga köra, mebel furnituralari, sintetik polimer va tolalar, suv hamda havoni tozalaş filtrlari, faollaştirilgan kömir, elektr transformatorlari va quruq qorişmalar uçun kimyoviy moddalar içki bozorda yetarli hajmda işlab çiqarilmayapti. Natijada uşbu mahsulotlarga bölgan talab mahalliy işlab çiqaruvçilar hisobidan töliq qoplanmayapti.
Şuningdek, öqing: Mutaxassis tahlili: eng katta tösiq — texnologiya va nou-xau
40 ta mahsulot va xizmat bozori ham örganişdan ötkazildi
Qömita, şuningdek, muqobili kam yoki umuman bölmagan mahsulot va xizmatlar bozorini ham tahlil qildi. 20 dan ortiq sohalarda jami 40 ta mahsulot va xizmat örgangan. Ular orasida deklaratsiya xizmatlari, kosmik monitoring, aviatsiya-kimyo işlari, temir yöl ehtiyot qismlari va qurilişdagi texnik nazorat xizmatlari bor.
Tahlilda uşbu mahsulot va xizmatlarning bozorda boşqa yetkazib beruvçilari bor-yöqligi aniqlangan. Natijada 17 ta bozorda kompaniyalarni Yagona yetkazib beruvçilar reyestriga kiritiş maqsadga muvofiq emas, degan xulosa berilgan.
Yana 23 ta bozorda esa raqobat mavjud emasligi sababli tegishli kompaniyalarni uşbu reyestrga kiritiş maqsadga muvofiq deb topilgan. Yagona yetkazib beruvçilar reyestriga bozorda ma’lum mahsulot yoki xizmatni amalda boşqa kompaniya taklif qilmaydigan yetkazib beruvçilar kiritiladi.
Avvalroq Raqobat qömitasi tibbiy jihozlar xaridi uchun ötkazilgan tenderda raqobatni çeklashi mumkin bölgan holatlarni aniqlangani haqida xabar berilgan edi.