Özbekistonda erkaklar çegirmalarni köproq kutar ekan

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Özbekistonda sörovda qatnaşganlarning 66 foizi noyabr aksiyalarida xarid qilişni rejalaştirmoqda
Foto: www.pexels.com

Özbekistonning yirik şaharlarida yaşovçi aholining 85 foizi kerakli mahsulotlarni arzonroq sotib oliş uçun çegirmalarni kutişga tayyor. Erkaklar esa ayollarga qaraganda çegirmalar mavsumini köproq kutadi. Bu haqda Listee e’lonlar platformasi ötkazgan sörov natijalarida ma’lum qilindi.

Tadqiqotda 18 – 60 yoşdagi, ilgari internet orqali mahsulot sotib olgan 600 nafar fuqaro iştirok etgan. Ularning 40 foizi çegirmalarni ataylab kutişini, 46 foizi esa mahsulot zudlik bilan kerak bölmasa, narxlar arzonlaşişini kutişni ma’qul körişini bildirgan. Erkaklarning 45 foizi çegirmalarni ataylab kutsa, ayollar orasida bu körsatkiç 35 foizni taşkil etgan.

Sörovda qatnaşganlarning 66 foizi noyabr oyidagi çegirmalar vaqtida xarid qilişni rejalaştirmoqda. Yana 20 foizi hozirça bir qarorga kelmagan, 14 foizi esa bu davrda heç narsa sotib olmoqçi emas.

Özbekistonliklar çegirmalarda nimalarni xarid qilmoqçi?

Aksiyalar paytida eng köp kiyim-keçak va poyabzal xarid qiliş rejalaştirilmoqda. Sörovda qatnaşganlarning 39 foizi aynan şu mahsulotlarni tanlagan. Keyingi örinlarda aksessuarlar (jumladan, sumkalar, boş kiyimlari va taqinçoqlar), gözallik va salomatlik mahsulotlari hamda elektronika turibdi. Har bir toifani iştirokçilarning 26 foizi tanlagan. Yana 25 foizi maişiy texnika xarid qilişni rejalaştirmoqda. Sevimli maşğulotlar, ijod va sport uçun mahsulotlar 17 foiz, bolalar buyumlari va öyinçoqlar esa 16 foiz iştirokçini qiziqtirmoqda.

Yirik çegirmalar xarid qiliş uçun odatiy imkoniyatga aylanib ulgurgan. Sörovda qatnaşganlarning atigi 2 foizi bunday aksiyalar paytida odatda heç narsa sotib olmasligini bildirgan. Şu bilan birga, köpçilik xaridlarga oldindan tayyorgarlik köradi. Iştirokçilarning 68 foizi, asosan, avvaldan rejalaştirilgan mahsulotlarni tanlaydi. Yana 18 foizi köproq rejasida bölmagan buyumlarni xarid qilsa, 12 foizi rejalaştirilgan va kutilmagan xaridlarni deyarli teng darajada amalga oşiradi. E’tiborlisi, kutilmagan xaridlar 45 – 60 yoşdagilar orasida köproq uçraydi. Bu yoş toifasidagi iştirokçilarning 25 foizi şunday xaridlarni amalga oşirişini bildirgan.

Özbekistonning yirik şaharlarida yaşovçi xaridorlar pul tejaş uçun köpinça turli sotuvçilarning narxlarini soliştiradi. Sörovda qatnaşganlarning 52 foizi şu usuldan foydalanadi. Deyarli yarmi (47 foizi) yangi mahsulotlarni çegirmalar va maxsus aksiyalar paytida sotib olişni afzal köradi. Yana 33 foizi maxsus çegirma kodlari va kuponlardan foydalanadi. Iştirokçilarning 11 foizi esa xarajatlarni kamaytiriş uçun buyumlarni dökondan emas, bevosita boşqa odamlardan sotib oladi.

«Çegirmalar xarid vaqtida pul tejaşning yagona yöli emas. Hozir xaridorlar turli sotuvçilar va savdo maydonçalaridagi narxlarni soliştirib, arzonroq takliflarni izlamoqda. E’lonlar platformalari orqali esa deyarli yangi holatdagi buyumlarni dökonlardagiga qaraganda ança arzon narxda xarid qiliş mumkin. Bunday takliflarni faqat çegirmalar mavsumida emas, yil davomida ham topiş mumkin. Tadqiqotimiz odamlar xususiy sotuvçilardan buyum xarid qilişga örganib qolganini körsatdi. Internet savdosi rivojlanib borayotgani sababli bunday oldi-sotdining kelajagi borligiga işonamiz», – dedi kompaniyaning Özbekistondagi rahbari Zafar Isxoqov.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qömitasi aksiya va çegirmalarni QR-kod orqali nazorat qilişni taklif etgani haqida yozgan edi. Qömita 58 ta savdo şoxobçasidagi 116 ta aksiyani örganib, 65 ta muammo va kamçilikni aniqlagan.

Shuningdek