Özbekistonda ilk bor 5 mln tonnadan ziyod paxta yiğildi

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 mln tonnadan ziyod paxta hosili yiğib olindi. Prezident Şavkat Mirziyoyev uşbu natija munosabati bilan dehqon va fermerlar, klasterlar hamda qişloq xöjaligi xodimlarini tabrikladi.
Davlat rahbari 5 mln tonnadan ziyod paxta yiğib olinişini mamlakat paxtaçiligi tarixidagi rekord natija deb atadi.
«Bu — paxtaçilik sohasidagi Yangi Özbekiston möjizasidir», – dedi Mirziyoyev.
Prezident ma’lumotiga köra, keyingi yillarda mamlakatda paxta ekiladigan maydonlar 38 foizga qisqartirilgan. Şunga qaramay, hosildorlik sezilarli oşgan.
«Paxtaçilikda hosildorlik 2,7 karra oşib, 21 sentnerdan 56 sentnerga yetdi», – dedi Mirziyoyev.
Bu yil qariyb 400 ming gektar maydonda örtaça hosildorlik 70 sentnerga yetgan. Salkam 70 ming gektarda esa har gektardan 100 – 110 sentnergacha paxta olingan.
Ayrim fermerlar gektaridan 100 sentnerdan ortiq hosil oldi
Prezident tabrigida qayd etilişiça, qariyb mingta fermer xöjaligi va klasterda örtaça hosildorlik 100 sentner va undan yuqori bölgan. 4 mingdan ziyod fermerlarda hosildorlik 60 – 70 sentnerdan, yana 2,5 ming fermerda esa 80 sentnerdan oşgan.
Jizzax, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida örtaça hosildorlik 60 sentnerdan yuqori qayd etilgan. Qoraqalpoğistonda esa hosildorlik ötgan yillarga nisbatan 10 – 15 sentnerga oşib, jami 400 ming tonnadan ortiq paxta yiğilgan.
Hosilning 85 foizi maşinalarda terildi
Joriy yilda paxta hosilining 85 foizi 3 mingdan ortiq paxta teriş maşinasi yordamida yiğib olingan. Terim 30 – 35 kun davom etgan. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida paxta terimini mexanizatsiyalaştiriş darajasi 100 foizga yetgan. Şuningdek, suv tejovçi texnologiyalar hisobiga paxtaçilikdagi suv sarfi 1990-yillarga nisbatan ikki baravar kamaygani aytildi.
Bu yil ekinlarni joylaştiriş sxemalari ham özgartirilib, bir gektardagi köçat soni 2-3 baravar oşirilgan. Kösak qurti va gerbitsidlarga çidamli yangi biotexnologik navlardan ham foydalanilgan.
Fermerlar 13-14 trln söm foyda olişi kutilmoqda
Davlat rahbari paxta yetiştirişning moliyaviy natijalariga ham töxtaldi.
«Bu yil fermerlarimiz paxtadan 13-14 trillion söm sof foyda olişi kutilmoqda», – dedi prezident.
Kelgusi yilda serhosil uruğlik navlari, agrodronlar, suv va energiya tejovçi texnologiyalar hamda sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytiriş reja qilingan. Şu hisobdan paxtaning örtaça hosildorligini gektariga 65 – 70 sentnerga yetkaziş maqsad qilingan.
Avvalroq Özbekistonda 4,6 mln tonnadan ortiq paxta yiğib olingani haqida xabar berilgan edi.