Ronaldu xayrlaşuv öyinida qatnaşişdan boş tortdi

eʼlon qilindi
Futbolçi Portugaliya terma jamoasi boş murabbiyi bilan gaplaşişni ham istamayapti
Ronaldu
Foto: Tass

Portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan söng xayrlaşuv uçraşuvida maydonga tuşişdan boş tortmoqda. Bu haqda Portugaliyaning Observador naşri xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) 41 yoşli hujumçi uçun maxsus xayrlaşuv tadbirini taşkil etmoqçi. Biroq Ronaldu hozirça terma jamoa safida sönggi bor maydonga tuşişni istamayapti. Şu sababli xayrlaşuv marosimining qaysi şaklda ötkazilişi noma’lumligiça qolmoqda.

Ronaldu nega xayrlaşuv öyinini istamayapti?

Observador ma’lumotiga köra, futbolçi bilan Portugaliya terma jamoasi boş murabbiyi Jorje Jezus örtasidagi kelişmovçilik haligaça bartaraf etilmagan.

5-noyabr kuni ular örtasida telefon orqali suhbat ötkaziş rejalaştirilgan edi. Bunda Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedro Proensa vositaçilik qilişi kerak bölgan. Biroq Ronaldu murabbiy bilan muloqot qilişni istamagani sababli suhbat amalga oşmagan.

Jezus futbolçini noyabr oyidagi Millatlar ligasi uçraşuvlariga çaqiriş niyatida bölgan. Ammo Ronaldu hozirgi murabbiylar ştabi bilan terma jamoaga qaytişni istamagan.

Futbolçi sentabr oyida boş murabbiy bilan yuzaga kelgan kelişmovçilik ortidan milliy jamoa yiğinini tark etgan edi. Oktabr oyida esa bir oylik diskvalifikatsiyaga uçragan. Jazosi 30-oktabr kuni yakunlangani uçun u noyabr oyidagi uçraşuvlarda iştirok etiş huquqiga ega bölgan.

Şunga qaramay, Ronaldu 5-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaatida Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Portugaliya futbol federatsiyasi futbolçiga munosib hurmat körsatiş maqsadida xayrlaşuv tadbirini taşkil etmoqçi. Biroq hozirça uning sanasi va formati aniqlanmagan.

Ronaldu terma jamoada qanday natijalarga erişdi?

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 2003-yil 20-avgustda Qozoğistonga qarşi uçraşuvda debyut qilgan.

U 23 yillik faoliyati davomida milliy jamoa tarkibida 234 ta öyin ötkazib, 146 ta gol urgan. Futbolçi Portugaliya bilan 2016-yilda Yevropa çempionligini, 2019 va 2025-yillarda esa UEFA Millatlar ligasi sovrinini qölga kiritgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Portugaliya futbol federatsiyasi Ronaldu uçun maxsus xayrlaşuv marosimini taşkil etişini eʼlon qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek