Suv omborlari atrofidagi yerlar turizm uçun auksionga çiqariladi

eʼlon qilindi
QR-kodli navigatsiya joriy etiladi
Suv omborlari atrofidagi yerlar turizm uçun auksionga çiqariladi
Foto: SI

Özbekistonda suv omborlari va ularga tutaş hududlardagi böş, qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarida turizm xizmatlarini taşkil etiş tartibi belgilandi. Tegişli yerlar turizm obyektlarini joylaştiriş uçun elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi.

Hukumat qarori bilan suv omborlari va ularga tutaş hududlarda turizm xizmatlarini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat suv omborlari atrofidagi qişloq xöjaligiga möljallanmagan böş yer uçastkalarida turistik va rekreatsiya obyektlarini joylaştiriş tartibini belgilaydi.

Bunda suvni muhofaza qiliş va sanitariya zonalari, şuningdek, sel va köçki xavfi yuqori bölgan hududlar hisobga olinişi kerak.

Qutqaruv xizmati majburiy böladi

Turizm xizmatlarini taşkil etuvçilar qutqaruv xizmatini yölga qöyişi yoki professional qutqaruv tuzilmalari bilan şartnoma tuzişi kerak.

Kiçik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan xavfsiz foydalaniş talablariga ham rioya qilinişi lozim.

Şuningdek, turizm obyektlarida hosil böladigan maişiy çiqindilarni olib çiqiş böyiça xizmat körsatuvçi taşkilotlar bilan şartnoma tuziş talab etiladi.

QR-kodli navigatsiya joriy etiladi

Turistik hududlarda raqamli xaritalar, onlayn bron qiliş tizimlari va QR-kodli navigatsiya vositalarini joriy etiş közda tutilgan.

Turizm xizmatlarini taşkil etiş uçun zarur yer uçastkalari qonunçilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolari orqali ajratiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Çirçiq daryosi böyidagi 100 gektar hududda investitsiya loyihasi amalga oşirilişi haqida xabar berilgandi. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga köra, loyiha Sergeli tumanining Faroğatli va Quruvçilar mahallalarini qamrab oladi. Uşbu hududda zamonaviy işlab çiqariş va xizmat körsatiş infratuzilmasini yaratiş, yangi iş örinlari taşkil etiş hamda mahalliy aholi daromadlarini oşiriş közda tutilgan.

Şuningdek, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş va hududning turizm salohiyatidan foydalaniş rejalaştirilmoqda. Yangi iş örinlarini yaratişda yoşlar va xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek