
Tesla Cybercab işlab çiqarişni oşirişga joy böşatiş uçun kelasi, 2027 yilning örtalarida Texasdagi Gigafactory zavodida Cybertruck işlab çiqarişni bosqiçma-bosqiç qisqartirişni boşlaydi. Bu haqda Tesla boş direktori Ilon Mask X ijtimoiy tarmoğidagi postida yozdi.
Postda Cybertruck işlab çiqarilişi 2027-yil örtalarida qisqartirilişini ma’lum qilgan. Biroq işlab çiqariş boşqa zavodga köçiriladimi – hozirça aniq emas.
Cybertruck 2023-yil oxirida sotuvga çiqqan. Mask dastlab yiliga 250 mingtagaça pikap sotişni rejalaştirgandi. Ammo 2025-yilda AQŞda atigi 20 237 dona Cybertruck sotilgan – bu 2024-yildagiga nisbatan 48 foizga kam.
Tesla sönggi yillarda Cybertruck bilan boğliq 11 ta qaytarib çaqiriş kampaniyasini ham ötkazgan. Kompaniya endilikda Cybercab robotaksilarini işlab çiqarişni kengaytirişga e’tibor qaratmoqda.
Cybercab Tesla’ning haydovçisiz robotaksi loyihasi bölib, kompaniya uni kelajakdagi avtonom transport tarmoğining asosiy modeli sifatida körmoqda.
Avvalroq Tesla Kaliforniyaning Fremont şahridagi zavodida Optimus odamsimon robotlarini dastlabki seriyali işlab çiqarişni boşlagandi.