Toşkentda isitiş mavsumi 9-noyabrdan boşlanadi

Toşkent şahrida 2026 – 2027-yilgi isitiş mavsumi 9-noyabrdan boşlanadi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.
Şu kundan boşlab maktab, boğça, şifoxona va boşqa ijtimoiy soha obyektlari, şuningdek, köp qavatli turarjoylarga issiqlik bosqiçma-bosqiç beriladi.
Isitiş uçun tölov issiqlik amalda ulangan kundan boşlab hisoblanadi. Ulaniş sanasi boşqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi.
Agar xonadonda issiqlik bir maromda taqsimlanmasa, aholiga uyga xizmat körsatuvçi boşqaruv kompaniyasiga murojaat qiliş tavsiya etildi.
Issiqlik tarmoqlaridagi avariya holatlari böyiça Veolia Energy Taşkent’ning 1347 yoki (71) 200-00-56 raqamlariga murojaat qiliş mumkin. Şuningdek, @vet_pokazaniya_bot orqali murojaatlar 24/7 qabul qilinadi.
Avvalroq xonadonlarda issiq suvning rangi özgarişi yoki yoqimsiz hid paydo bölişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.