Chevrolet Cobalt 156 ming km yurgaç qanday holatga tuşadi

7-noyabr 2026 11:21 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
За что покупатель переплачивает в обновленном Chevrolet Cobalt
Foto: SI

Rossiyaning «Za rulyom» avtomobil jurnali Özbekistonda işlab çiqarilgan Chevrolet Cobalt’ning 10 yillik ekspluatatsiyasi natijalarini e’lon qildi. 2013-yilda işlab çiqarilgan avtomobil 156 ming kilometr yöl bosgan va bu davrda jiddiy nosozliklar yoki kapital ta’mir talab qilmagan.

Sinovdagi Chevrolet Cobalt 1,5 litrli, 106 ot kuçiga ega dvigatel va olti poğonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Jurnal ma’lumotiga köra, 150 ming kilometrdan ortiq masofa bosilganiga qaramay, dvigatel birinçi urinişdayoq işga tuşadi. Har 15 ming kilometrda qöşimça quyiladigan motor moyi bir litrdan oşmagan.

Yozda yonilği sarfi örtaça 7,5–8 litrni, qişda esa 9,5–10 litrni taşkil etgan. Şahar taşqarisidagi safarlardan birida avtomobil 100 kilometrga 6,2 litr yonilği sarflagan.

Asosiy nosozliklar 90 ming km dan keyin kuzatilgan

90 ming kilometrga yetganda dvigatel aylaniş tezligi beqaror işlay boşlagan. Bunga kislorod datçigi sabab bölgan va u almaştirilgaç muammo bartaraf etilgan.

123 ming kilometrda dvigatel tebranişi salonga sezilarli uzatila boşlagan. Tekşiruv natijasida kuç agregatining pastki tayançi işdan çiqqani aniqlangan.

147 ming kilometrda esa çiqariş tizimidagi gofra kuygan. Uni servisda qisqa vaqt içida almaştirişgan.

Avtomatik uzatmalar qutisida jiddiy nosozlik kuzatilmagan. Faqat 125 ming kilometrda salnik almaştirilgan. Qutidagi moy har 60 ming kilometrda yangilangan.

Osma qismlar 120–155 ming km xizmat qilgan

Cobalt’ning old qismida McPherson, orqa qismida esa yarim mustaqil osma tizimi qöllanilgan.

Stabilizator ustunlari dastlab 60 ming kilometr xizmat qilgan. Old amortizatorlar 120 ming kilometrdan keyin, pastki riçaglar esa 155 ming kilometrga yaqin masofadan söng almaştirilgan.

Rul uçlari va ğildirak podşipniklari esa 156 ming kilometrdan keyin ham zavoddan örnatilgan holatda qolgan. Old tormoz disklari 120 ming kilometrda almaştirilgan.

Elektr jihozlarida katta muammo bölmagan

Jurnal ma’lumotiga köra, avtomobilning elektr tizimi deyarli muammo tuğdirmagan.

Akkumulyator 6,5 yil xizmat qilganidan keyin almaştirilgan. Kuzovdagi mayda tirnaliş va toş urilgan joylarda jiddiy korroziya aniqlanmagan.

Biroq avtomobilning yukxona ostidagi pastki qismida zang paydo bölgani qayd etilgan.

156 ming km uçun qariyb $8,4 ming sarflangan

Avtomobilni 156 ming kilometr davomida saqlaş va xizmat körsatiş uçun jami $8,4 ming sarflangan.

Xarajatlarning katta qismi yonilğiga töğri kelgan. Dastlabki 94,1 ming kilometrda benzin uçun $2,8 ming, keyingi davrda esa $3,2 ming sarflangan.

«Za rulyom» xulosasiga köra, 10 yil davomida Çevrolet Cobalt’da kafolatli ta’mirlaş yoki kutilmagan jiddiy nosozliklar bölmagan. Asosiy xarajatlar rejali texnik xizmat va tabiiy eskirgan qismlarni almaştiriş bilan boğliq bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonda yangilangan Chevrolet Cobalt işlab çiqarilişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek