Xumoyun Begmuratov rapid böyiça jahon çempioni böldi

7-noyabr 2026 17:50 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Xumoyun Begmuratov rapid böyiça jahon çempioni böldi
Foto: Fide

Özbekiston şaxmatçilari BAAda ötkazilgan 20 yoşgaça bölganlar örtasidagi rapid va blits böyiça jahon çempionatida uçta medal qölga kiritdi. Xumoyun Begmuratov rapid yönalişida jahon çempioni böldi, Umida Omonova rapidda, Afruza Hamdamova esa blitsda kumuş medalga ega çiqdi.

Rapid böyiça oçiq turnirda Xumoyun Begmuratov 9 imkoniyatdan 7,5 ochko töplab, birinçi örinni egalladi. Özbekistonlik şaxmatçi turnir davomida birorta ham partiyada yutqazmadi. U oltita ğalaba va uçta durang qayd etdi.

Hindistonlik Pranav V va ozarbayjonlik Raad Samadov 7 ochkodan töpladi. Qöşimça körsatkiçlarga köra, Pranav kumuş, Samadov esa bronza medalini oldi.

Umida Omonova kumuş medal oldi

Qizlar örtasidagi rapid bahslarida Umida Omonova 6,5 ochko bilan ikkinçi örinni egalladi.

Niderlandiyalik Eline Roebers 7 ochko bilan jahon çempioni böldi. FIDE bayroği ostida qatnaşgan Marina Kuznetsova ham 6,5 ochko töpladi, biroq qöşimça körsatkiçlar böyiça bronza medalini oldi.

Özbekiston terma jamoasining yana bir vakili Afruza Hamdamova blits bahslarida kumuş medal qölga kiritdi.

Turnirda 40 davlatdan 185 şaxmatçi qatnaşdi

Jahon çempionati 1–7-noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn şahrida ötkazildi.

Musobaqada 40 davlatdan jami 185 nafar şaxmatçi iştirok etdi. Turnir rapid va blits böyiça ösmirlar hamda qizlar örtasida jahon çempionlarini aniqladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Svidler Sindarovni Gukeşga qarşi favorit deb atagani haqida xabar berilgandi. U Sindarovning ğalaba imkoniyatini 55%, Gukeşnikini esa 45% deb baholadi.

Shuningdek