Bibisora Assaubayeva Fyodor Yemelyanenko bilan Toşkentda uçraşdi

Qozog‘istonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayeva Toşkentda rossiyalik MMA afsonasi Fyodor Yemelyanenko bilan uçraşdi. Suhbat davomida ularning umumiy qiziqişi – şaxmat ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda u o’z Telegram kanalida yozib qoldirdi.
Köp karra blits böyiça jahon çempioni Assaubayeva Toşkentda ötkazilayotgan 50-jahon sambo çempionatiga faxriy mehmon sifatida taşrif buyurgan. Yemelyanenko esa Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS)ning rasmiy elçisi sifatida musobaqada qatnaşmoqda.
Şaxmatçi uçraşuvdan so‘ng Yemelyanenko bilan tuşgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylaştirdi.
«Bugun sermazmun kun böldi. Tirik afsona Fyodor Yemelyanenko bilan tanişdim. U juda yaxşi inson ekan, bundan taşqari, şaxmat öynaşni ham yaxşi körar ekan. Umid qilamanki, keyingi safar birga öynaş imkoniyati böladi», – deb yozdi Assaubayeva.
Ma’lumot uçun, 50-jahon sambo çempionati 6 – 8-noyabr kunlari Toşkentda bölib ötmoqda. Musobaqaga 101 mamlakatdan 700 ga yaqin sportçilar taşrif buyurgan.
Avvalroq qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayevaning onasi Liana Hakim (Tanjariqova) qizi va özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovning ehtimoliy töyi haqidagi OAV xabarlariga munosabat bildirgandi.