Özbekiston GSP+ imtiyozlarini saqlaş uçun nima qilişi kerak

2027-yil 1-yanvardan Yevropa Ittifoqining GSP+ savdo imtiyozlari tizimining yangi qoidalari kuçga kiradi. Özbekiston imtiyozlardan foydalanişni davom ettiriş uçun 2028-yil oxirigaça qayta ariza topşirişi va xalqaro majburiyatlarni bajariş böyiça harakatlar rejasini taqdim etişi kerak. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi ma’lum qildi.
Özbekiston GSP+ tizimidan 2021-yildan buyon foydalanib kelmoqda. Yangi tartib 2027 – 2036-yillarda amal qiladi. Amaldagi GSP+ iştirokçilariga ötiş davri berilgan bölib, ular 2028-yil 31-dekabrgaça yangi ariza topşirişi lozim. Ariza körib çiqilayotgan davrda imtiyozlar saqlanib qoladi.
GSP+ nima beradi
GSP+ Yevropa bozoriga Özbekistondan eksport qilinadigan mahsulotlarning katta qismi uçun bojxona imtiyozlarini taqdim etadi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga köra, Özbekistonning GSP+ doirasidagi imtiyozlardan foydalaniş darajasi yuqori bölib, 2024-yilda YI tomonidan GSP+ orqali amalga oşirilgan Özbekiston importi 448,2 mln yevroga yetgan.
Yangi qoidalar Özbekistonning YI bozoriga imtiyozli kiriş imkoniyatini avtomatik ravişda bekor qilmaydi. Biroq kelgusida tizimda qoliş uçun yangi talablar bajarilişi kerak.
32 ta xalqaro hujjat böyiça majburiyat
Yangi tartibga köra, GSP+ iştirokçilari 32 ta xalqaro konvensiya va kelişuvni ratifikatsiya qilişi hamda ularning bajarilişini ta’minlaşi kerak. Avval bu röyxatda 27 ta hujjat bor edi. Yangi tizimda Parij iqlim kelişuvi Kioto protokoli örnini egallaydi.
Özbekiston yangi röyxatdagi hujjatlarning barçasiga allaqaçon qöşilgan. Endi ularning amalda bajarilişi va bu boradagi majburiyatlarning ijrosi monitoring qilinadi.
Harakatlar rejasi ham talab qilinadi
GSP+ uçun qayta ariza bilan birga xalqaro kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça harakatlar rejasi ham taqdim etilişi kerak. Unda ustuvor çoralar, ularni amalga oşiriş muddatlari va mas’ul davlat organlari körsatiladi. Mamlakat GSP+ maqomini olganidan keyin uşbu reja oçiq e’lon qilinadi.
Yevrokomissiya Özbekistonning GSP+ doirasidagi majburiyatlarini uç yillik monitoring sikllari orqali kuzatib boradi.
Migratsiya böyiça yangi şart
Yangi qoidalarning muhim jihatlaridan biri GSP+ imtiyozlarining noqonuniy migratsiya masalasidagi hamkorlik bilan boğlanişidir.
Yevropa Ittifoqi öz fuqarolari yoki boşqa şaxslarni emas, aynan benefitsiar mamlakatning noqonuniy ravişda YIda qolayotgan öz fuqarolarini qayta qabul qiliş böyiça hamkorlikni ham baholaydi. Yetarli hamkorlik qilinmasa, ayrim yoki barça mahsulotlar uçun savdo imtiyozlari vaqtinça bekor qilinişi mumkin.
Imtiyozlarni bekor qiliş asoslari kengayadi
Yangi reglament inson huquqlari, atrof-muhit va iqlim böyiça jiddiy va tizimli buzilişlar uçun GSP+ imtiyozlarini vaqtinça töxtatiş imkoniyatini ham kengaytiradi. Ayniqsa, oğir holatlar uçun tezlaştirilgan tartib joriy etiladi.
Şuningdek, YI bozoriga import hajmining keskin oşişi Yevropa işlab çiqaruvçilariga zarar yetkazişi mumkin bölgan holatlarda himoya çoralarini qöllaş mexanizmlari kuçaytiriladi.
Yangi GSP reglamenti 2026-yil 12-iyuldan huquqiy kuçga kirgan, uning asosiy qoidalari esa 2027-yil 1-yanvardan qöllanila boşlaydi. Özbekiston uçun GSP+ imtiyozlaridan foydalanişning uzluksiz davom etişi 2028-yil oxirigaça yangi ariza topşirilişiga boğliq.
Avvalroq Özbekiston Yevropa Ittifoqi bilan boşpana beriş rad etilgan migrantlarni qabul qiliş markazlarini oçiş böyiça muzokara olib bormayotgani haqida xabar berilgandi.