Habib Nurmagomedov Ronalduning terma jamoadan ketişiga munosabat bildirdi

8-noyabr 2026 12:29 eʼlon qilindi

Muhammad Hodiyev

Muhammad Hodiyev

Muxbir
Foto:
1tv.ru

UFC sobiq çempioni Habib Nurmagomedov Kriştianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Uning fikriça, futbolçi butun borliğini bağişlagan jamoalar bilan munosib xayrlaşa olmagan.

Doğistonlik sportçi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ronalduning avval «Real», «Yuventus» va «Mançester Yunayted» klublaridan, endi esa Portugaliya terma jamoasidan munosib xayrlaşuvsiz ketganini ta’kidladi.

«Bor kuçingni berasan, keyin esa heç kimga kerak bölmay qolasan. Yaxşilar bor, eng yaxşilarning eng yaxşilari bor. Ronaldu ular qatoriga kiradi. Bunday darajadagi insonlarning mentalitetini tuşuniş odamlarga qiyin bölib qoladi», — deb yozdi Nurmagomedov.

U, şuningdek, Ronalduning futbolga qöşgan hissasini bir söz bilan ta’riflab bölmasligini aytdi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasida qanday natijalarga erişgan

Ma’lumot uçun, Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 23 yil davomida 234 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oşirgan.

U terma jamoa bilan Yevropa çempionati hamda ikki marta UEFA Millatlar Ligasi ğolibligini qölga kiritgan.

Avvalroq Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi rahbariyatiga joriy mavsum jamoani tark etişi mumkinligini bildirgandi.

Shuningdek