Prezident Olimpiadasida sportçilar jahon rekordlarini örnatdi

8-noyabr 2026 10:03 eʼlon qilindi

(8-noyabr 2026 23:09 yangilandi)
Muhammad Hodiyev

Muhammad Hodiyev

Muxbir
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Olimpiadasida yoş sportçilar qator yönalişlarda yuqori natijalar qayd etib, jahon va Özbekiston rekordlarini yangiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7-noyabr kuni musobaqa ğoliblari va iştirokçilariga murojaat yölladi. Musobaqalarda qaşqadaryolik Kumuş Köçkinova dzyudo va kuraş böyiça ikkita oltin medalni qölga kiritdi.

Toşkentlik Aişa Yenina badiiy gimnastikaning yakka köpkuraş, tasma va töp bilan maşqlarida uçta oltin medal, halqada kumuş va bulavalar bilan maşqda bronza medalini oldi.

Yoş sportçilar rekordlarni yangiladi

Toşkent viloyati vakili, oğir atletikaçi Muştariy Örolova 60 kilogrammdan yuqori vazn toifasida dast kötarişda 109 kg, siltab kötarişda 136 kg va ikki kuraşda jami 245 kg natija qayd etib, jahon rekordini örnatdi.

Şuningdek, Şerdor Eşpölatov, Ikrom Möminboyev, Behröz Hasanov, Soliha Bahodirova, Dilfuza Yöldoşeva va Zuhra Ibrohimova öz yönalişlarida Özbekiston rekordlarini yangiladi.

Parasuzişda andijonlik Hikmatulla Haydaraliyev va qoraqalpoğistonlik Şahnoza Yerejepbayeva törttadan oltin medalni qölga kiritdi.

Sirdaryolik yengil atletikaçi Durdona Jumanqulova uç kuraş bahslarida 2014 oçko jamğarib, 14 yoşli sportçilar örtasida uşbu yönalişdagi eng yuqori natijani qayd etdi.

Prezident yoş sportçilarning Prezident Olimpiadasidagi natijalari kelgusida qit’a va jahon çempionatlari, Olimpiya hamda Paralimpiya öyinlarida Özbekiston şarafini himoya qiliş uçun muhim qadam bölişini ta’kidladi.

Avvalroq Özbekistonda Prezident Olimpiadasi ğolib va sovrindorlari uçun pul mukofotlari kelasi yildan 2,5 barobarga oşirilişi haqida xabar berilgandi. Yangi tartibga köra, birinçi örin sohiblariga 25 million söm, ikkinçi örin uçun 12 million söm, uçinçi örin egalariga esa 6 million söm beriladi.

Shuningdek