12 nafar bloger reklama qoidalarini buzgani uçun javobgarlikka tortildi

eʼlon qilindi
Raqobat qömitasi tekşiruvi davomida 12 nafar bloger qonun talablariga zid reklama joylaştirganini aniqladi
Foto: SI/Dilobar Yöldoşeva

Raqobat qömitasi ijtimoiy tarmoqlardagi reklama materiallarini tekşiriş davomida 12 nafar bloger qonun talablariga zid reklama joylaştirganini aniqladi. Ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik çoralari qöllanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi ma’lum qildi.

110 nafar bloger monitoring qilinmoqda

Qömita ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 110 nafar bloger röyxatini şakllantirgan. Ularning sahifalarida e’lon qilinayotgan reklama materiallari kundalik ravishda monitoring qilinmoqda.

Tekşiruv natijasida 12 nafar bloger joylaştirgan reklamalarda «Reklama töğrisida»gi Qonun talablariga rioya qilinmagani aniqlangan. Qömita aynan qanday qonunbuzişlar qayd etilgani va qöllanilgan ma’muriy çoralar miqdorini oçiqlaştirmagan.

Qo‘şiqçi, aktyor va sportçilar ham kuzatilmoqda

Raqobat qömitasi faqat blogerlar bilan çeklanmayotganini yozmoqda. Özbekistonda keng tanilgan qöşiqçilar, aktyor va aktrisalar hamda sportçilarning ham alohida röyxati tuzilgan. Ularning ijtimoiy tarmoqlarda reklama bilan boğliq çiqişlari muntazam kuzatib borilmoqda. Qömita blogerlar va maşhur şaxslar reklama materiallarini joylaştirişda qonun talablariga rioya qilişi şartligini eslatdi.

Avvalroq Raqobat qömitasi savdo va xizmat körsatiş şoxobçalaridagi aksiya hamda çegirmalarni raqamli nazorat qiliş mexanizmlarini joriy etişni taklif qilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek