Aşşiköl hududida 50 ming aholiga möljallangan Nukus city quriladi

eʼlon qilindi
Yangi Toşkent loyihasi tajribasi va xorijiy taşkilotlar tavsiyalari asosida zamonaviy boş reja işlab çiqiladi
Foto: Uzbekistantravel.uz

Qoraqalpoğistonda 50 ming aholiga möljallangan yangi Nukus city barpo etiladi. Loyiha Nukus şahrining Jolşilar mahallasi Aşşiköl hududidagi 270 gektar maydonda amalga oşiriladi.

Prezident qaroriga köra, yangi hudud ilğor arxitektura yeçimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida barpo etiladi.

Bunda Yangi Toşkent loyihasi tajribasi va xorijiy taşkilotlar tavsiyalari asosida zamonaviy boş reja işlab çiqiladi.

Nukus cityda köp qavatli turarjoylar, savdo va biznes markazlari, mehmonxonalar, parklar, yaşil hududlar, favvoralar, sport maydonçalari hamda ijtimoiy soha obyektlari joylaştiriladi. Şuningdek, hududda smart city yeçimlaridan foydalaniş közda tutilgan.

Qoraqalpoğistonga $5 mlrd investitsiya jalb etiladi

Qarorda Qoraqalpoğistonni 2027-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça asosiy maqsadlar ham belgilangan.

Jumladan, yalpi hududiy mahsulot hajmini 8 foizga, sanoat işlab çiqarişini 7 foizga, bozor xizmatlarini 17 foizga, qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişini 5 foizga va quriliş işlarini 13 foizga oşiriş rejaştirilgan.

Eksport hajmini $550 mlnga yetkaziş, jami investitsiyalarni esa ikki baravar oşirib, $5 mlrdga çiqariş közda tutilgan.

Dastlabki bosqiçda daromadi past 125 ming oiladagi 513 ming aholini yuqori daromadli iş örinlariga joylaştiriş ham maqsad qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq OTB Qoraqalpoğistonda qiymati 780 million dollardan ortiq loyihalarni amalga oşirayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek