Avtobuslarda bagaj taşiş uçun 4 ming sömlik alohida tölov belgilandi

eʼlon qilindi
Bank kartasi validatorga ikkinçi marta tekkizilganda keyingi yölovçi yoki bagaj uçun alohida tölov tanlanadi
Foto: tashtrans.uz

Toşkent avtobuslarida yirik ölçamli bagaj taşiş uçun 4 ming sömlik alohida tölov belgilandi. Bu haqda «Toşşahartransxizmat» ma’lum qildi.

Avtobus validator interfeysi özgardi

Poytaxt avtobuslarida bank kartasi orqali bir neça yölovçi uçun yöl haqi tölaşda validator interfeysi özgardi. Endi kartani ikkinçi marta tekkizganda «Sayohat uçun» va «Yuk uçun» variantlari çiqadi. Yangi tartibga köra, bank kartasi validatorga takroran tekkizilganda ekranda ikkita variant körsatiladi:

  • «Sayohat uçun — 2 500 söm» – ayni karta orqali keyingi yölovçining yöl haqini tölaş uçun;
  • «Yuk uçun — 4 000 söm» – yirik ölçamli bagajni taşiş uçun.

Ikkinçi yölovçi uçun «Sayohat uçun»ni tanlaş kerak

Bir bank kartasi orqali ikkinçi yoki undan keyingi yölovçilar uçun tölov qilinayotganda «Sayohat uçun» bandini tanlaş kerak. Kompaniya yölovçilardan tölov variantini tanlaşda ehtiyot bölişni söradi. Aks holda yöl haqi örniga 4 ming sömlik bagaj tölovi yeçib olinişi mumkin.

Avvalroq 2026-yil 1-noyabrdan Toşkentda jamoat transporti uçun ajratilgan «A» tasmali yölaklarda yengil va şaxsiy avtomobillarning noqonuniy harakatlanişi hamda töxtab turişiga qarşi nazorat kuçaytirilişi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek