Avtomobil işqibozlariga nima sovğa qiliş mumkin

eʼlon qilindi
Consumer Reports tavsiyalari
Avtomobil ishqibozlariga nima sovğa qiliş mumkin
Foto: SI

Consumer Reports avtomobil işqibozlari uçun amaliy va xavfsizlikni oşirişga yordam beradigan sovğalar röyxatini tuzdi. Undan videoregistrator, avtomobil akkumulyatorini işga tuşiriş qurilmasi, şina nasosi, telefon uşlagiçi va favqulodda vaziyatlar töplamigaça bölgan mahsulotlar örin oldi.

Eski avtomobillarga CarPlay va Android Auto qöşiş mumkin

Foto: Amazon

Naşr tavsiyalaridan biri simsiz Android Auto va Apple CarPlay adapterlari böldi. Bunday qurilmalar simli Android Auto yoki CarPlay tizimiga ega eski avtomobillarga ulanib, telefonni kabelsiz işlatiş imkonini beradi. Ularning narxi taxminan $30 dan boşlanadi.

Telefon uçun uşlagiç ham foydali sovğa sifatida qayd etilgan. Consumer Reports, ayniqsa, oynaga mahkamlanadigan va simsiz quvvatlaş imkoniyatiga ega modellarni qulay deb hisoblaydi.

Videoregistrator avariya paytida yordam berişi mumkin

Videoregistrator yöldagi vaziyatni yozib boradi va yöl-transport hodisasi yuz berganda muhim dalil bölişi mumkin.

Ayrim modellar avtomobil oldidan taşqari salon va orqa tomonni ham tasvirga oladi. Naşr videoregistrator tanlaşda tasvir sifati va yozuv aniqligiga e’tibor berişni tavsiya qilgan.

Bunday yozuvlar suğurta da’volari yoki sud jarayonlarida ham qöl kelişi mumkin.

Akkumulyator ötirib qolsa, jump-starter yordam beradi

Foto: Amazon

Portativ jump-starter qurilmalari akkumulyatori quvvatsizlangan avtomobilni taşqi yordamga ehtiyoj sezmasdan işga tuşiriş imkonini beradi.

Ularning köpçiligida telefon va planşetlarni quvvatlaş uçun USB-port hamda fonar mavjud. Consumer Reports ma’lumotiga köra, ayrim jump-starterlarni çegirmalar vaqtida $50 dan arzon narxda topiş mumkin.

Şina uçun bosim ölçagiç va nasos ham foydali

Foto: John Powers/Consumer Reports

Şinalardagi bosimni muntazam tekşirib turiş xavfsizlik, yonilği sarfi va şinalarning xizmat muddatiga ta’sir qiladi. Şu sabab oddiy bosim ölçagiç ham avtomobil işqibozi uçun foydali sovğa bölişi mumkin.

Akkumulyatorli şina nasoslari esa şinalarni servis yoki yonilği şoxobçasiga bormasdan töldiriş imkonini beradi. Kattaroq modellar avtomobil şinasini taxminan 4 – 7 daqiqada kerakli bosimgaça töldirişi mumkin.

OBDII skaner nosozlikni aniqlaşga yordam beradi

1996-yildan keyin işlab çiqarilgan benzinli avtomobillarning aksariyatida OBDII diagnostika porti mavjud. Unga ulanadigan kiçik skanerlar panelda yonib qolgan ogohlantiriş çiroğining sababini aniqlaşga yordam beradi.

Consumer Reports sinagan oddiy Bluetooth skanerlaridan ayrimlari taxminan $30 turadi. Ekranga ega modellar esa odatda $50 – 100 oraliğida sotiladi.

Favqulodda vaziyatlar töplami ham tavsiya qilindi

Avtomobil uçun favqulodda vaziyatlar töplamida akkumulyator simlari, birinçi yordam vositalari, fonar, issiqlik saqlovçi adyol, qor kuragi, tortiş arqoni va ogohlantiruvçi uçburçaklar bölişi mumkin.

Bundan taşqari, Consumer Reports şina germetigi, faralarni tiklaş töplami, parkovka kamerasi va sensorlari, sifatli şinalar hamda bolalar avtomobil örindiqlarini ham foydali sovğalar qatoriga kiritgan.

Haydovçilik kursi ham sovğa bölişi mumkin

Avtomobil işqibozlari uçun moddiy sovğadan taşqari haydovçilik mahoratini oşiriş kurslari ham tavsiya etilgan.

Bunday dasturlar xavfsiz haydaş böyiça maşğulotlardan tortib, poyga trassalaridagi professional treninglargaça bölişi mumkin.

Consumer Reports’ga köra, avtomobil işqibozi uçun sovğa tanlaşda uning amaliy foydasi, xavfsizlikka ta’siri va avtomobildan foydalanişni qançalik qulaylaştirişiga e’tibor beriş maqsadga muvofiq.

Eslatib ötamiz, avvalroq avtomobil uçun eng yaxşi videoregistratorlar haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek