BYD’dan yangi elektromobil — Rolls-Royce’ga raqobatçi paydo böldi

Xitoyning BYD kompaniyasining premium Yangwang brendi Rolls-Royce’ga raqobatçi sifatida işlab çiqilgan yangi elektromobil – Yangwang Altiorni taqdim etdi. 5,6 metr uzunlikdagi haşamatli sedan 7-noyabr kuni Abu-Dabida bölib ötgan global taqdimotda namoyiş etildi.
Model Rolls-Royce Ghost va Phantom kabi ultra-premium avtomobillarga raqobatçi sifatida joylaştirilgan. Uning orqa eşiklari avtomobilning old qismiga qarab oçiladigan «coaç doors» konstruksiyasiga ega.
1 ming kilometrdan ortiq masofa bosadi
Yangwang Altior uzunligi 5 600 mm, kengligi 2 030 mm, balandligi 1 590 mm, ğildirak bazasi esa 3 500 mmni taşkil qiladi. Avtomobil tört örinli salon bilan jihozlangan.

Model törtta mustaqil boşqariladigan elektromotorga ega. Tizim har bir ğildirakka uzatiladigan momentni alohida boşqaradi. Avtomobil, şuningdek, joyida töliq buriliş va suvga tuşib qolgan holatda favqulodda suziş imkoniyatiga ega.

Altior ikkinçi avlod Blade akkumulyatoridan foydalanadi. BYD avtomobil bir quvvatlaşda CLTC sikli böyiça 1 000 kilometrdan ortiq masofa bosişini bildirgan.
Salonda 39 ta karnay va massaj funksiyasi bor
Sedan tört örinli salon bilan işlab çiqilgan. Orqa qatordagi örindiqlar «nol tortişiş» rejimida yotiş, oyoq tayançlari va mexanik massaj funksiyasiga ega. Avtomobilda 39 ta karnaydan iborat Dynaudio Platinum Evidence audio tizimi, 21,4 dyuymli yuqori ekran hamda old va orqa qismda muzlatkiçlar örnatilgan. Salonda tabiiy yoğoç, töliq donador teri, jun va nefrit bezaklaridan foydalanilgan.

Altior’ning old qismidagi dizayn qadimgi Xitoyning bronza marosim idişi – «ding» şaklidan ilhomlangan. Model uç yil davomida işlab çiqilgan.

BYD narxini hozirça töliq oçiqlamadi
Yangwang Altior Executive va Bespoke versiyalarida taklif qilinadi. Uning Şanhe Dingyun deb nomlangan çeklangan maxsus versiyasi ham mavjud. Modelning Xitoydagi Shanhe Dingyun Limited Edition versiyasi uçun oldindan buyurtma narxi 2,08 mln yuan – taxminan 311,5 ming dollar deb körsatilgan. Xaridorlardan 300 ming yuan miqdorida depozit talab qilinadi.

BYD Altior’ni qaysi davlatlarda sotişni boşlaşi va yetkazib beriş sanalarini hali töliq e’lon qilmagan.


Avvalroq Xitoyning Yangwang U9 Xtreme elektromobili 503,17 km/soat tezlikka çiqib, 500 km/soat çegarasidan oşgan ilk seriyali avtomobilga aylangani haqida xabar berilgandi.