Fond bozori: 34 ta yuqori likvidli aksiya haftani ijobiy yakunladi

«Toşkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalar 30-oktabrdan 6-noyabrgaça bölgan davrda ijobiy dinamika körsatdi. Ammo UCI fond indeksi 1,74 foizga tuşdi.
Uşbu davr mobaynida «Universal bank» aksiyalari eng katta ösişga erişib, 61,77 foizga qimmatlaşdi. Şuningdek, «Hamkorbank» (+37,77) va «Buxoroneftgazparmalaş» aksiyalari (+26,67%)da ham ösish qayd etildi.
Öz navbatida, «Qizilqumsement» aksiyalari 9,83 foizga arzonlaşib, haftaning eng katta pasayişini körsatdi. Bundan taşqari, «Özbekiston poçtasi» (-5,38%) va «UzAuto Motors» (-5,18%) aksiyalari ham pasayiş bilan ajralib turdi. Faqat «Kaptal suğurta» aksiyalari narxida özgariş kuzatilmadi.

Bitimlar soni böyiça UzNIF (5 688 ta), «ÖzRTXB» (5 219 ta) va «Özbektelekom» (4 457 ta) peşqadam böldi.
Aksiyalar bozorida uşbu haftada hajm böyiça esa «Özbektelekom» (5,98 mlrd söm) yetakçilik qildi. «ÖzRTXB» (4,96 mlrd söm) va «Hamkorbank» (2,94 mlrd söm) aksiyalari yuqori uçlikdan joy oldi.
Şuningdek, öqing: 2026-yilda dividendlar: qaysi kompaniyalar köproq tölamoqda
Yuqori likvidli aksiyalardan 34 tasi haftani ijobiy, bittasi özgarişsiz va 19 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonçadagi umumiy hajmi 31,87 mlrd söm böldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq bitkoin yetti haftalik minimumga tuşgani haqida xabar berilgandi. Pasayiş AQŞ fond bozoridagi keskin sotuvlar va investorlarning xavfli aktivlardan çekinişi fonida yuz berdi.