Iroq neft eksportidagi uzilişlardan 60 mlrd dollar yöqotdi

Iroq Hörmuz böğozi orqali neft eksportini davom ettiriş yuzasidan AQŞ bilan kelişuvga erişdi. Neft tankerlarining O‘mon yaqinidagi dengiz yölagi orqali harakatlanişi nazarda tutilmoqda. Bu haqda Iroq taşqi işlar vaziri Fuad Husayn Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Vazirning sözlariga köra, Eron bilan boğliq harbiy mojaro va neft eksportidagi uzilişlar Iroq iqtisodiyotiga $60 mlrd zarar yetkazgan.
Mamlakatning neft eksporti sentabr oyida keskin qisqargan. Biroq oktabrga kelib yetkazib beriş hajmi qayta ösa boşlagan.
Iroq energetika sohasi mutasaddilarining ma’lumotlariga köra, sentabrda mamlakat kuniga örtaça 2,65 mln barrel neft eksport qilgan. Oktabrda esa bu körsatkiç 3,5 mln barrelga yetgan. Şunday qilib, eksport hajmi bir oyda qariyb 32 foizga yoki kuniga 850 ming barrelga oşgan.
Iroq nega $60 mlrd zarar kördi?
Eron atrofidagi harbiy mojaro oqibatida Hörmuz böğozi orqali xalqaro kemalar qatnovi izdan çiqdi. Bu neft eksportiga tayanuvçi Iroq iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir körsatdi.
Hörmuz böğozi Fors körfazini O‘mon körfazi bilan boğlaydi. U Yaqin Şarq mamlakatlaridan neft va suyultirilgan tabiiy gazni dunyo bozoriga yetkazib berişdagi asosiy transport yönalişlaridan biridir.
Husaynning bildirişiça, Bağdod eksportni tiklaş yuzasidan Vaşington bilan özaro tuşunişuvga erişgan. Biroq dengiz yölagidan foydalanişning batafsil şartlari va uning barça neft tankerlariga taalluqli yoki taalluqli emasligi oçiqlanmagan.
Vazir Al Jazeera bilan suhbatda neft yetkazib berişni qayta yölga qöyiş yuzasidan Eron bilan ham tuşunişuvlarga erişilganini bildirgan.
Iroqning eksport hajmi tiklanayotgani jahon neft bozoridagi taklifga ta’sir qilişi mumkin. Biroq mintaqadagi harbiy va siyosiy vaziyat dengiz orqali yetkazib beriş barqarorligi uçun xavf bölib qolmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan OPEK+ davlatlari oktabr oyi uçun neft qazib oliş kvotalarini özgartirmagani haqida xabar bergan edi. Öşanda Hörmuz böğozidagi uzilişlar Fors körfazi mamlakatlarining neft eksportini çeklayotgani qayd etilgan.