Oppo Reno 17 orqa qopqoğida muşuk tasviri bilan çiqadi

eʼlon qilindi
Muşuk tasviri asosiy dizaynlardan biri böladi
Oppo Reno 17 orqa qopqog‘ida mushuk tasviri bilan chiqadi
Foto: Oppo

Oppo Reno 17 seriyasidagi smartfonlar dizaynini namoyiş etdi. Qurilmalarning asosiy versiyalaridan birida orqa panelga 3D effektli muşuk tasviri tuşiriladi. Smartfonlarning rasmiy taqdimoti 16-noyabr kuni bölib ötadi. Bu haqda IT Home xabar berdi.

Yangi seriya törtta rang va dizayn variantida taklif etilişi kutilmoqda. Ular orasida Encounter Cat versiyasi alohida ajralib turadi.

Uşbu modelning orqa panelida hajmli 3D effekt bilan işlangan muşuk tasviri joylaştirilgan. Şuningdek, Ice Moon White, Cocoa Brown va First Snow White variantlari ham taqdim etiladi.

Foto: Oppo

Oppo Reno 17 reklama kampaniyasining yuzi sifatida xonanda Song Yuqi tanlangan.

Reno 17 periskop kameraga ega böladi

Dastlabki ma’lumotlarga köra, bazaviy Oppo Reno 17 6,57 dyuymli ekran va Snapdragon 7 Gen 4 protsessori bilan jihozlanadi.

Smartfon 50 megapikselli periskop kameraga ega bölişi kutilmoqda.

Reno 17 Pro esa 6,32 dyuymli ekran va Dimensity 8550 protsessorini oladi. Unda ham 50 megapikselli periskop kamera qöllanadi.

Live Photo imkoniyatlari kengaytiriladi

Reno 17 seriyasida Live Photo funksiyasi ham takomillaştiriladi. Oppo vakiliga köra, smartfonlar barça fokus masofalarida 4K formatida Live Photo yozib olişi mumkin böladi. Yozuv davomiyligi avvalgi uç soniyadan olti soniyagaça oşiriladi.

Reno 17 smartfonlari, Watç 5 aqlli soati va Pad Air 6 planşetlariga Xitoyda oldindan buyurtma 30-oktabrdan boşlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Oppo kompaniyasi katta siğimli batareyaga ega yangi smartfon ustida işlamoqda. PNC110 indeksli qurilma Xitoy sanoat vazirligi bazasida sertifikatsiyadan ötgandi.

Shuningdek