Özbekiston jahon çempionatida kuçli uçlikdan joy oldi

Xitoyning Ningbo şahrida ötkazilgan oğir atletika böyiça kattalar örtasidagi jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi uçta oltin medal bilan umumjamoa hisobida kuçli uçlikka kirdi. Musobaqada mamlakat şarafini sakkiz nafar sportçi himoya qildi.
27-oktabrdan 8-noyabrgaça davom etgan musobaqada 150 dan ortiq mamlakatlardan 500 nafarga yaqin sportçilar 16 ta vazn toifasida medallar uçun kuraş olib bordi. Çempionat «Los-Anjeles – 2028» Olimpiadasi uçun dastlabki reyting oçkolarini ham taqdim etdi.
Akbar Jörayev ikkita jahon rekordini yangiladi
Özbekiston terma jamoasining uçta oltin medalini ham Akbar Jörayev qölga kiritdi. U -110 kg vazn toifasida dast kötariş maşqida 198 kg natija qayd etib, jahon rekordini yangiladi.

Sportçi siltab kötarişda 234 kg toşni kötardi. Ikki kuraş natijasiga köra, uning jami körsatkiçi 432 kg ni taşkil etdi. Bu ham jahon rekordi böldi. Şu tariqa Jörayev dast kötariş, siltab kötariş va ikki kuraş yakunlari böyiça uçta oltin medalni qölga kiritdi. Bu uning jahon çempionatlaridagi törtinçi çempionligi böldi.

Umumjamoa hisobida Özbekiston uçinçi örinda
Çempionat yakunlariga köra, Şimoliy Koreya terma jamoasi 20 ta oltin, sakkizta kumuş va oltita bronza – jami 34 ta medal bilan birinçi örinni egalladi.
Mezbon Xitoy 17 ta oltin, 10 ta kumuş va oltita bronza medal bilan ikkinçi böldi. Özbekiston va Bolgariya terma jamoalari esa uçtadan oltin medal bilan kuçli uçlikdan joy oldi.
Avvalroq ösmirlar va yoşlar örtasida boşlangan oğir atletika böyiça Osiyo çempionatida Özbekiston terma jamoasi a’zosi Soliha Bahodirova dastlabki medalga ega çiqqandi.