Özbekiston OAV bozorining 67 foiz uluşi xususiy sektorga tegişli — Şerzod Asadov

Özbekistonda ommaviy axborot vositalari (OAV) bozorida xususiy sektorning uluşi 67 foizga yetdi. Mamlakatdagi OAVning umumiy soni esa 3 mingga yaqinlaşdi. Bu haqda Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boşliği Şerzod Asadov Toşkentda ötkazilayotgan Özbekiston – Rossiya mediaforumining oçiliş marosimida ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, sönggi yillarda mamlakatda mustahkam normativ-huquqiy baza yaratilgan va imtiyozlar tizimi joriy etilgan. Bu media sohasining salohiyatini mustahkamlaşga, şuningdek, nodavlat OAV sonining faol ösişiga xizmat qilgan.
«Uşbu körsatkiçlar milliy axborot makonini erkinlaştiriş jarayonlari ortga qaytmas tus olganini körsatadi. Özbekistonda ommaviy axborot vositalari tobora erkin taşabbuslar, xususiy sektor faolligi va soğlom raqobat maydoniga aylanmoqda», – dedi Şerzod Asadov.
Şuningdek, öqing: Özbekistonda biznes jurnalistikasi qanday özgarmoqda va unga munosabat qanday?
Özbekistonda OAVning aholini qamrab oliş darajasi ikki baravardan köproq oşdi
Prezident matbuot kotibi mamlakat axborot sohasining rivojlanişini ifodalovçi asosiy körsatkiçlarga ham töxtaldi. Xususan, naşriyot sohasida jadal ösiş kuzatilmoqda. Joriy yilning özida kitob işlab çiqariş hajmi ikki baravar oşgan. Umumiy adadi 60 mln nusxadan ortiq bölgan qariyb 15 ming nomdagi kitob naşr etilgan.
Asadovning ta’kidlaşiça, bu natijalar kitobxonlik madaniyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan tizimli davlat siyosati bilan boğliq. Bosma naşrlarga işonç kamayib borayotgan bir davrda Özbekistonda aholining kitob öqişga bölgan qiziqişi qayta tiklanmoqda.
Raqamli muhitda ham sezilarli özgarişlar yuz bergan. Ön yildan kamroq vaqt içida OAVning aholini qamrab oliş darajasi ikki baravardan ziyod oşgan. Internetdan foydalaniş darajasi esa 94 foizga yetgan.
Bu jarayon fuqarolik jurnalistikasi rivojiga ham turtki bergan. Qisqa vaqt içida blogerlar hamjamiyati minglab mutaxassislarni birlaştirgan yirik axborot maydoniga aylangan. Bugun ular yetakçi tahririyatlar bilan bir qatorda mamlakat axborot kun tartibini şakllantirişda iştirok etmoqda.
Şu bilan birga, axborot mazmuni va sifatini oşirişga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ötgan yilning avgust oyida taşkil etilgan Kontent tayyorlaş markazi bir yil davomida önlab ixtisoslaşgan loyihalarni amalga oşirgan.
Markaz tomonidan 30 mingdan ortiq media materiallar tayyorlanib, eʼlon qilingan. Ularning umumiy körişlar soni 2 mlrddan oşgan.
Bundan taşqari, joriy yilda Özbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk milliy vizual kontent mediabanki işga tuşirilgan. U işonçli foto va videomateriallar saqlanadigan raqamli arxiv bölib, foydalanuvçilarga ön minglab materiallardan erkin foydalaniş imkonini beradi.

Şuningdek, öqing: Mirziyoyev: Milliy mediamiz törtinçi hokimiyat darajasiga yaqinlaşdi
Özbekiston va Rossiya OAV sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqçi
Xalqaro hamkorlik masalasiga töxtalgan Şerzod Asadov ikki mamlakat munosabatlari prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin örtasidagi döstlik hamda özaro işonçga asoslanganini ta’kidladi. Uning fikriça, aynan davlat rahbarlarining siyosiy irodasi ikki tomonlama hamkorlikning barça yönalişlarida faol rivojlanişni ta’minlamoqda.
Bunday şaroitda ommaviy axborot vositalarining tarqatilayotgan ma’lumotlar işonçliligi uçun mas’uliyati va jamoatçilik fikrini manipulyatsiya qilişga yöl qöymaslik masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
«Soxta axborot yaratış texnologiyalari keng tarqalayotgan bir şaroitda manbalarni tekşiriş jamoatçilik va milliy xavfsizlik masalasiga aylanmoqda. Xalqaro ekspertlar bahosiğa köra, internetdagi sunʼiy yaratilgan kontent hajmi deyarli har yili ikki baravar oşmoqda. Bu şunday muammoki, unga hec qaysi mamlakatning milliy media tizimi yakka holda qarşi tura olmaydi. Dezinformatsiya tarqatişga urinişlar va axborot hujumlari mamlakatlar hamda xalqlar örtasida tuşunmovçilik yoki ajralişlarga sabab bölmasligi kerak», – dedi Asadov.
U Özbekiston media sohasining salohiyati jadal ortib borayotganini qayd etib, bu boradagi tajribani rossiyalik hamkorlar bilan bölişişga tayyorligini bildirdi.
Şerzod Asadov Fyodor Dostoyevskiyning «Harakatsizlikda baxt yöq» degan fikrini boşqaça ifodalab, tomonlarni gapdan amaliy hamkorlikka ötişga çaqirdi va hamkorlikning ustuvor yönalişlarini sanab ötdi.
U, xususan, jurnalistlar örtasida tajriba almaşiş va malakali kadrlar tayyorlaşda ikki mamlakatning kuçli jihatlarini birlaştirişni taklif qildi.
Özbekiston va Rossiya qöşma jurnalistika maktablarini yaratmoqçi
«Rossiya jurnalistika maktabi dunyodagi eng kuçli va eng qadimiy maktablardan biri bölib, boy an’analarga ega. Özbekiston esa yoş va rivojlanayotgan jamiyat şaroitida media sohasini jadal raqamlaştiriş böyiça öziga xos tajriba töpladi. Uşbu ikki tajribani – an’analarning yetukligi va yangilaniş şijoatini birlaştirsak, sifat jihatdan mutlaqo yangi natijalarga erişamiz. İkki mamlakat media sohasi mutaxassislari uçun tizimli amaliyotlar, qöşma jurnalistika maktablari va umumiy ta’lim platformalarini taşkil etişni taklif qilamiz», – dedi Kommunikatsiyalar departamenti boşliği.
Hamkorlikning ikkinçi muhim yönalişi dezinformatsiyaga qarşi birgalikda kuraşiş etib belgilandi. Asadovga köra, soxta xabarlar va dipfeyklar davlat çegaralarini tan olmaydi. Şu sababli ularga har bir mamlakatning alohida qarşi kuraşişi yetarli natija bermasligi mumkin. Özbekistonda dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş doirasida maxsus taʼlim platformasi taşkil etilgan. Unda 11 mingga yaqin yoş mutaxassis ta’lim olgan.
Asadov ikki mamlakat resurslari va ekspert salohiyatini birlaştiriş, tezkor maʼlumot almaşuvini yölga qöyiş hamda axborotni tekşirişning umumiy standartlarini işlab çiqişni taklif qildi. Uning taʼkidlaşiça, yolğon xabarlar haqiqatdan tezroq tarqalayotgan bugungi dunyoda işonçli axborotni birgalikda himoya qiliş umumiy axborot suverenitetini ta’minlaş masalasiga aylanmoqda.
Uçinçi ustuvor yönaliş sifatida texnologik hamkorlik körsatildi. Asadovga köra, media sohasining kelajagini sunʼiy intellekt, raqamli platformalar va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan işlaş texnologiyalari belgilaydi. Uşbu yönalişlarda qöşma işlanmalar yaratış ikki mamlakatga global tendensiyalarga şunçaki ergaşiş emas, balki ularni şakllantirişda iştirok etiş imkonini berişi mumkin.
Törtinçi yönaliş esa tahririyatlar, jurnalistlar va blogerlar örtasidagi töğridan töğri aloqalarni mustahkamlaşdan iborat. Şerzod Asadov bunday uçraşuvlarni muntazam ötkaziş va hamkorlikni amaliy loyihalar bilan davom ettirişni taklif qildi.
Şerzod Asadov nutqi yakunida döstlik va hamkorlikning ahamiyatiga töxtalib, forum yangi qöşma loyihalar uçun asos bölişiga hamda Özbekiston va Rossiya örtasidagi döstona va ittifoqçilik munosabatlari ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yölida yanada mustahkamlanişiga işonç bildirdi.
Avvalroq «Kursiv» Özbekiston ijtimoiy tarmoqlarida eng köp iqtibos keltiriladigan ommaviy axborot vositalari reytingida Kursiv ikkinçi örinni egallagani haqida yozgan edi.