Özbekiston Orolni qutqarişda Afğoniston bilan hamkorlik qiladi

Özbekiston 2027 – 2029-yillarda Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qiladi. Şu davrda suv resurslari, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy yönalişlarda 133 ta loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Ularning umumiy qiymati 3,3 mlrd dollarni taşkil etadi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevga Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raisligi davrida amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar taqdimoti çoğida ma’lum qilindi.
Loyihalar nimalarni qamrab oladi
Loyihalar doirasida suv xöjaligi inşootlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qiliş, suv resurslarini taqsimlaş, hisobga oliş va monitoringning avtomatlaştirilgan tizimlarini joriy etiş közda tutilgan.
Şuningdek, gidrometeorologik ma’lumotlarni monitoring qiliş, toşqin va qurğoqçiliklarni prognozlaş hamda ular haqida erta ogohlantirişning mintaqaviy raqamli platformasini yaratiş rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, aholini içimlik suvi va sanitariya xizmatlari bilan ta’minlaş darajasini oşirişga qaratilgan loyihalar ham amalga oşiriladi.
Loyihalarni Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Yaşil iqlim jamğarmasi, Global ekologik jamğarma hamda boşqa xalqaro taşkilotlar kömagida moliyalaştiriş rejalaştirilgan.
Afğoniston bilan hamkorlikka ham e’tibor qaratiladi
Özbekistonning jamğarmaga raisligi davrida uning tuzilmasi va şartnomaviy-huquqiy bazasini takomillaştiriş, organlari vakolatlarini aniq taqsimlaş hamda Afğoniston bilan konstruktiv hamkorlikni mustahkamlaş ustuvor yönalişlardan böladi.
Jamğarma kun tartibini Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari qarorlari bilan uyğunlaştiriş ham közda tutilgan.
Şuningdek, «Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti jamğarma taşabbuslarini amalga oşirişda ilmiy-tahliliy platforma sifatida faoliyat yuritadi.
Universitetda sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim va tadqiqot jarayonlariga joriy etiş, ekologik tiklaniş va suv tejamkorligi böyiça tadqiqotlarni kengaytiriş rejalaştirilgan.
Amudaryo va Sirdaryo havzalari böyiça ma’lumotlarning yagona bazasi yaratiladi. Şuningdek, çöllanişga qarşi mintaqa olimlari bilan qöşma loyihalar işlab çiqiladi hamda Markaziy Osiyo va Afğoniston uçun suv xöjaligi böyiça bakalavriat va magistratura dasturlari yölga qöyiladi.
Prezident loyihalarni öz vaqtida amalga oşiriş uçun kelgusi yilda bajariladigan işlar böyiça oylar kesimida «Yöl xaritasi»ni tasdiqlaş va uning ijrosini taşkil etiş böyiça topşiriq berdi.
Avvalroq Qozoğiston Jahon banki bilan hamkorlikda Şimoliy Orol suv sathini Boltiq tizimi böyiça 44 metrga yetkazişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgandi.