Özbekistonda bankomat, videokamera va elektromobil uskunalari işlab çiqarilişi mumkin

eʼlon qilindi
Prezident Şavkat Mirziyoyev uşbu mahsulotlarni mahalliy işlab çiqarişni örganiş böyiça vazifalar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Özbekistonda bankomatlar, videokuzatuv uskunalari hamda elektromobillar uçun invertor va zaryadlaş qurilmalarini mahalliy işlab çiqarişni kengaytiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.

Bankomatlar importiga $50 mln dan ortiq sarflangan

Mazkur muloqotda qayd etilişiça, ötgan yili Özbekistonda 9 mingta bankomat xarid qilinib, ularning importiga $50 mln dan ortiq mablağ sarflangan. Savdo va köngiloçar majmualar hamda yangi uy-joy massivlari köpaygani sari bankomatlarga talab yanada oşiși kutilmoqda. Şu sabab bankomatlarga bölgan ehtiyojni hisob-kitob qiliş, zarur texnologiyalar va investorlarni jalb etib, ularni Özbekistonda işlab çiqariş imkoniyatini örganiş vazifasi qöyildi.

Videokuzatuv uskunalari bozori $200 mlnga yetgan

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mamlakatda videokuzatuv uskunalariga bölgan yillik ehtiyoj $200 mlnga yetmoqda. Qo‘şni mamlakatlar bozorini ham hisobga olganda esa bu körsatkiç $600 mlndan oşadi.

Buxorodagi Digital Security va Samarqanddagi Samvision korxonalari öz dasturiy ta’minoti asosida yiliga 2 mingta kamera işlab çiqarmoqda. Davlat rahbari bunday loyihalar sonini köpaytiriş zarurligini ta’kidladi.

Samarqanddagi Samvision brendi ostida kuzatuv kameralarini işlab çiqarayotgan korxona dasturiy ta’minotni ham mahalliy mutaxassislar yordamida yaratadi. Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotiga köra, bu mahsulot tannarxini analoglarga nisbatan 30 foizgaça kamaytiriş imkonini bermoqda.

Elektromobillar uçun uskunalar Jizzaxda işlab çiqarilişi mumkin

Yana bir yönaliş elektromobil va energetika uskunalarini mahalliylaştiriş bilan boğliq. Xususan, Jizzaxda elektromobillar uçun invertorlar va zaryadlaş qurilmalari, Toşkent viloyatida energiya batareyalari va elektronika uçun yupqa mis folgasi işlab çiqariş imkoniyatlarini örganiş belgilandi.

Bundan taşqari, Qoraqalpoğistonda serverlar uçun uzluksiz elektr ta’minoti va sovitiş tizimlari, Namanganda suv nasoslari uçun energiya tejamkor elektr dvigatellar işlab çiqariş loyihalari ham körib çiqilmoqda. Elektromobillar uçun zaryadlaş uskunalari, batareyalar va invertorlar avvalroq ham elektrotexnika sanoatida yuqori texnologiyali mahsulotlar qatoriga kiritilgan.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uçraşgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek