Qirğiziston maktablarda darsliklar örniga planşetlarga ötişni rejalaştirmoqda

Qirğizistonda maktab öquvçilarini kelajakda planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov Alamudun tumani aholisi bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
Bir qurilmaga barça darsliklarni yuklaş mumkin
Davlat rahbarining sözlariga köra, öquvçilarni planşetlarga ötkaziş imkoniyati taxminan 5-6 yildan keyin körib çiqiladi. Bir qurilmaga barça darsliklarni yuklaş mumkin. Natijada öquvçi matematika, tarix, ona tili va adabiyot kabi fanlar böyiça kitoblardan bitta planşet orqali foydalanadi.
«Beş yildan keyin planşetlarga ötişga harakat qilamiz. Buning uçun katta mablağ talab etiladi, biroq ulardan köp marotaba foydalaniş mumkin böladi. Agar barça darsliklar bitta planşetga yuklansa, öquvçi matematika, tarix, ona tili va adabiyot böyiça kitoblardan bitta qurilma orqali foydalanişi mumkin», – dedi u.
Davlat buning barçasini özi ta’minlaydi
Prezident bu loyiha katta mablağ talab qilişini, biroq planşetlardan bir neça marta foydalaniş mumkinligini ta’kidladi.
«Davlat buning barçasini özi ta’minlaydi», – deya qöşimça qildi Japarov.
Japarov Qirğizistonda yaqin 2 yil davomida 1 – 12-sinf öquvçilarini darsliklar bilan töliq va bepul ta’minlaş rejalaştirilayotganini bildirgan edi. Darsliklarni çop etiş uçun 8,5 mlrd qirğiz somi ajratilişi belgilangan.
Avvalroq Qirğizistonda energetik içimliklar işlab çiqariş va ularni mamlakatga import qiliş taqiqlanişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.