Qozoğiston Özbekiston bilan çegarada 194 dollarlik garov pulini keçiktirdi

Qozoğiston Özbekiston bilan çegarada yuk taşuvçilar uçun elektron navbatni band qilişda talab etiladigan 86,5 ming tenge (taxminan $194) miqdoridagi garov pulini joriy etişni keçiktirdi. Bu haqda Turkiston viloyati Davlat daromadlari departamenti ma’lum qildi.
Dastlab yangi tartib 2026-yil 9-noyabrdan kuçga kirişi rejalaştirilgan edi. Biroq departament 2-noyabr kuni talabni joriy etiş muddati keyinroqqa surilganini bildirdi.
Idora yangi tartib qaçondan amal qilişi va uni qöllaş şartlari haqida qöşimça axborot berilişini ta’kidladi. Keçiktiriş sabablari oçiqlanmadi.
Garov puli kimlardan olinişi kerak edi?
Yangi tartib Özbekiston bilan çegaradagi «Qoziğurt», «B. Qönisboyev» va «Atameken» avtomobil ötkaziş punktlariga taalluqli.
Unga köra, xalqaro yuk taşuvçilar CarGoRuqsat elektron tizimi orqali çegaradan ötiş vaqtini band qiliş uçun maxsus hisobvarağida 20 oylik hisob-kitob körsatkiçi miqdorida mablağ saqlaşi kerak edi. Bu 2026-yil hisobida 86,5 ming tenge yoki taxminan 2,3 mln sömni taşkil etadi.
Yuk avtomobili belgilangan vaqtda çegara punktiga yetib kelsa, garov puli töliq qaytarilişi nazarda tutilgan. Agar taşuvçi 90 kun içida ketma-ket ikki marta band qilingan vaqtda kelmasa, mablağ Davlat budjetiga ötkazilişi kerak edi.
Qozoğiston rasmiylari mazkur mexanizm yordamida çegarada sun’iy navbatlar paydo bölişining oldini oliş va band qilingan vaqtlardan samarali foydalanişni ta’minlaşni maqsad qilgan.
Şu bilan birga, garov pulining joriy etilişi keçiktirilgani elektron navbat tizimi bekor qilinganini anglatmaydi. CarGoRuqsat orqali yuk avtomobillarining çegaradan ötiş vaqtini oldindan band qiliş tartibi saqlanib qolmoqda.
Qozoğiston Davlat daromadlari qömitasi ma’lumotiga köra, elektron navbat tizimi yuk avtomobillari, jumladan, tirkamali transport va yuk tortuvçilar uçun möljallangan. Yengil avtomobillar hamda avtobuslardan esa bunday navbatni band qiliş talab etilmaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozoğiston Özbekiston bilan çegaradagi uçta ötkaziş punktida elektron navbat uçun 2,3 mln sömlik garov joriy etişni rejalaştirayotgani haqida xabar bergan edi.