Robototexnikadan elektromobil uskunalarigaça: 11,6 mlrd dollarlik yangi loyihalar amalga oşiriladi

Kelgusi 3 yilda Özbekistonda elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat yönalişlarida umumiy qiymati $11,6 mlrd bölgan 164 ta loyiha amalga oşirilişi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.
Loyihalar 6 ta asosiy yönalişda amalga oşiriladi. Eng katta hajm elektron komponentlar va mikroelektronika sohasiga töğri keladi – bu yönalişda $3,5 mlrdlik 21 ta loyiha rejalaştirilgan. Şuningdek, sanoat robototexnikasi va uskunasozlikda $3 mlrdlik 45 ta, kabel sanoatida $2,5 mlrdlik 41 ta, transformatorlar va nasoslar işlab çiqarişda esa $1,4 mlrdlik 29 ta loyiha amalga oşirilişi közda tutilgan.
Elektromobil va maişiy texnika yönalişlari ham kengayadi

Transport va elektromobillar uçun elektrotexnika mahsulotlari yönalişida $650 mlnlik 9 ta, maişiy texnika sohasida esa $600 mlnlik 19 ta loyiha amalga oşiriladi. Har bir yönalişga mas’ul rahbarlar va asosiy buyurtmaçilar biriktiriladi. Ularga tayanç investorlarni jalb qiliş, ilmiy markazlar va texnika oliygohlari bilan hamkorlikni yölga qöyiş vazifasi berildi.
Bundan taşqari, robototexnikani rivojlantiriş böyiça alohida qaror loyihasi joriy yil ikki hafta içida, uskunasozlik va elektronika tarmoqlarini qöllab-quvvatlaş dasturi esa 2027-yil 1-martgaça tayyorlanişi kerak.
Avvalroq Andijon tumanidagi «Ipak yöli» sanoat zonasi hududida qiymati $15 mln bölgan «Andijon-Huanya» xalqaro texnikumi taşkil etilgani haqida xabar berilgan edi.